Все Кредиты
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Oʻzmilliybank” AJ va “Portfolio Investments” kompaniyasidan iborat anderrayterlar konsorsiumi “Oʻzbektelekom” AКning IPO doirasidagi obuna kampaniyasiga (Road Show) tayyorgarlik koʻrmoqda.
Ayni paytda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondidan 2 foizlik, yaʼni jami 5 542 046 dona qoʻshimcha aksiya chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazildi. Obuna kampaniyasi esa, joriy yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
Oddiy aksiyalar narxi 6 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha boʻlishi kutilmoqda. Emissiyaning taxminiy qiymati 33 mlrd. soʻmdan 55 mlrd. soʻmgacha boʻlgan diapazonga toʻgʻri keladi.
Aksiyalarni IPO doirasida joylashtirish rasman bugun, 25-oktyabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN” forumi doirasida boʻlib oʻtadi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...