Oʻzsanoatqurilishbank - ochiqlik indeksida eng yetakchi bank
29.03.2023 15:28
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2022-yil yakunlari boʻyicha Ochiqlik indeksini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank 71.1 ball toʻplab, eng yaxshi natija koʻrsatgan tashkilotlar safidan joy oldi. Tijorat banklari oʻrtasida esa mutlaq yetakchi deb topildi.
Maʼlumot uchun: Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida baholandi. Samaradorlik koʻrsatkichlari 71 balldan 100 ballgacha toʻplaganlar - “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha boʻlganlar - “sariq” va 55 balldan past koʻrsatkich qayd etganlar - “qizil” toifalarga kiritildi.
“Ochiqlik indeksi”ni baholashda umumiy 86 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan boʻlib, uning natijasiga koʻra, 15 ta davlat organining ochiqlikni taʼminlash faoliyati “yashil” (71-100 ball), 44 tasi “sariq” (55-71 ball) va 27 tasi “qizil” (55 balldan past) samaradorlik koʻrsatkichlari bilan baholangan.
378
Другие новости