Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank – Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi eng yaxshi hamkor banki


30.10.2020 11:30

Oʻzsanoatqurilishbank – Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi eng yaxshi hamkor banki

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP) doirasida 2020-yilda Oʻzbekistondagi eng yaxshi hamkor banki deb topildi.

TFP dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi 2020-yil 28-oktyabr kuni Singapurda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda oʻtkazildi.

2009-yilda tashkil etilgan OTB TFP dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Oʻzsanoatqurilishbank 2013-yildan beri ushbu dasturda ishtirok etib kelmoqda. 2019-yil 1-iyulidan 2020-yil 30-iyuniga qadar Bank dastur doirasida Oʻzbekistonda eng koʻp tranzaksiya amalga oshirgan moliya muassasasiga aylandi.

Taʼkidlash kerakki, Oʻzsanoatqurilishbank ketma-ket uchinchi yil mazkur mukofotga loyiq deb topilmoqda.

Oʻzsanoatqurilishbank, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bankining savdoni qoʻllab-quvvatlash dasturlarida ishtirok etadi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.11.2020 16:31  
up