O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mikroloyihalar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
23.05.2024 18:16
Joriy yilning 23-may kuni O‘zsanoatqurilishbankning poytaxtimizdagi Yashnobod bank xizmatlari markazida mikroloyihalar uchun maxsus ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirda tadbirkorlik qilish, mikroloyihalarni tadbiq etish, o‘z biznes faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha kredit rasmiylashtirish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurganlar tadbirkorlik loyihalari uchun eng maqbul moliyaviy yechimlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.
Bank Axborot xizmati
371
Другие новости