Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalariga asoslangan “Byudjetlashtirish” tizimi joriy etildi


10.05.2023 14:20

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalariga asoslangan “Byudjetlashtirish” tizimi joriy etildi

Joriy yilning 10-may kuni poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” xalqaro biznes markazida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yirik loyiha – “Byudjetlashtirish” tizimining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro auditorlik tashkilotlari va tijorat banklari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida sohani zamonaviy axborot texnologiyalari asosida raqamlashtirishga qaratilgan qator vazifalar belgilangan.

Oʻzsanoatqurilishbank faoliyatini xalqaro ekspertlar koʻmagida transformatsiya qilish jarayonida ushbu topshiriqlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi. Yangi moliyaviy modellar va ular asosida bank biznesini samarali boshqarishga qaratilgan loyihalar ishga tushirildi.

Xususan, Germaniyaning ilgʻor SAP dasturi negizida yaratilgan “Byudjetlashtirish” tizimi shular sirasiga kiradi.

Tizim biznes boʻlinmalar va bank mahsulotlari byudjetini tuzish hamda monitoring qilish, bank resurslari boʻyicha transfert bahoni shakllantirish, xarajatlarni bank mahsulotlari boʻyicha taqsimlash kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

Loyihani tatbiq etishda yetakchi xalqaro kompaniyalardan ham mutaxassislar jalb qilinib, ular moliyaviy menejment metodologiyasini ishlab chiqish va moliyaviy dasturlashtirishni amalga oshirish yoʻnalishida yaqindan yordam berdi.

Bugungi kunda bank tizimida muassasaning biznes yoʻnalishlaridagi moliyaviy koʻrsatkichlari xalqaro tajribada muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan “mahsulotlar yondashuvi” asosida rejalashtirilmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shohpur Gulto‘raev. – Tizim bundan keyin ham bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi, buning uchun malakali mutaxassislardan iborat loyiha guruhi shakllantirilgan.

Taqdimot marosimida “Byudjetlashtirish” tizimini joriy etish bosqichlari, bu borada xalqaro tajribadan foydalanilganlik darajasi, dastur imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, tizim bank moliyaviy koʻrsatkichlari oʻzgarishining ichki va tashqi omillarini tahlil qilish, daromadligini oshirishning barqaror manbalarini aniqlash, har bir bank mahsuloti va sotuv nuqtalari boʻyicha muassasa foydasini rejalashtirish, tarmoqlar moliyaviy holatini toʻgʻri baholash orqali ular faoliyatini optimallashtirish, xarajatlar hajmini qatʼiy nazoratga olish va optimallashtirish, bank biznesiga resurslarni toʻgʻri taqsimlash kabi imkoniyatlar beradi.

Shuningdek,  “Byudjetlashtirish”  tizimi mijozga yoʻnaltirilgan shaffof bank mahsulot va xizmatlarni yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi, ular tannarxini pasaytirish zaruratini aniqlaydi, kam rentabelli mahsulotlarni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi.

Loyihani amalga oshirish jarayonida har bir yoʻnalishga alohida yondashildi, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti direktori Oybek Vohidov. – Xususan, bank biznes yoʻnalishi va mahsulotlari uchun yagona byudjet modellarini amalga oshirishda “SAP Business Planning and Consolidation” dasturidan, bank mahsulotlari boʻyicha xarajatlarni taqsimlash, transfer narxlarni belgilash modellarini joriy yetish uchun “SAP Profitability and Performance Management” dasturidan, moliyaviy koʻrsatkichlarning vizualizatsiyasini ishlab chiqish maqsadida esa, “SAP BO Web Intelligence” dasturidan foydalanildi.

Tadbir soʻngida mehmonlar eʼtiboriga bank biznesini samarali boshqarishda istiqboldagi rejalar ham namoyish etildi.

 

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 10.05.2023 15:16  
up