Все Кредиты
Joriy yil 27-iyul kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tomonidan Oʻzsanoatqurilishbank aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan 50 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida Bitimlar paketini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu bitimlar asosida taqdim etilayotgan kredit mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kichik va oʻrta biznes subyektlari loyihalarini kreditlashga qaratilishini nazarda tutadi.
Bunda moliyalashtirishning bir qismi iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi. Bu esa, Bankka “yashil banking” dasturini kengaytirishga imkon beradi.
Ushbu hujjatlar tomonlar oʻrtasida Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 12-mayda imzolangan “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”giFarmon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya institutlari ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Bitimlarda Oʻzbekiston Respublikasi bank sektoriga davlat ulushiga ega tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishiga oid zamonaviy standartlar, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, zarur tajriba va bilimlarga ega investorlarga tanlov asosida banklardagi davlat ulushiga ega aksiyalarini sotish, shuningdek davlat ulushiga ega tijorat banklari va korxonalarni parallel ravishda takomillashtirish orqali isloh qilish kabi tadbirlar belgilangan.
2018-yildan buyon Oʻzsanoatqurilishbank Xalqaro moliya korporatsiyasi, YETTB kabi yetakchi moliya institutlari bilan korporativ boshqaruvni mustahkamlash, biznes jarayonlarni qayta koʻrib chiqish, bu borada amaliyotlarni tijoratlashtirish, tavakkalchiliklarni boshqarish va gʻaznachilik operatsiyalari tizimini takomillashtirish, shuningdek, “yashil” loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish orqali xususiylashtirishga tayyorlash masalalari boʻyicha yaqin hamkorlik qiladi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...