Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Xalqaro moliya korporatsiyasining Global savdoni moliyalashtirish dasturiga qoʻshildi


19.07.2021 15:15

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Oʻzsanoatqurilishbankka mamlakat iqtisodiyotini COVID-19 pandemiyasi taʼsiridan himoya qilishga koʻmaklashish bilan mahalliy eksportyor va importyorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 20 mln. AQSH dollari miqdorida savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etmoqda. Bu xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan taʼsis etilgan Oʻzsanoatqurilishbank ishtirokidagi savdoni moliyalashtirishga koʻmaklashish boʻyicha uchinchi dasturdir.  
Oʻzsanoatqurilishbank mamlakatning ikkinchi yirik banki sifatida ushbu dasturga qoʻshilgan holda oʻzining filiallar tarmogʻi, mijozlar bazasi va amaliyot tuzilmasidan mahalliy korxonalarning savdoni moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini kengaytirishda qoʻllashi mumkin. 
– Mazkur bitimning imzolanishi Bankning turli iqtisodiyot segmentlarida mijozlarni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy strategiyani yaqqol namoyon etmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev. – Valyuta bozori liberallashtirilgandan soʻng, Bank savdoni moliyalashtirish yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirishda yordam beradigan, shuningdek, koʻplab xalqaro moliya institutlari va banklari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali moliyaviy resurslar bazasini kengaytiradigan yangi mahsulotlarni taqdim etish choralarini koʻrdi. 
XMKning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy menejeri Kassandra Kolbert taʼkidlashicha, savdo oʻsishni ragʻbatlantirishning eng kuchli usullaridan biri boʻlib, iqtisodiy barqarorlikni tiklash va pandemiya davrida ishchi oʻrinlarini saqlab qolishga xizmat qiladi. Ushbu bitim Bankning oʻzbek mahsuloti importyorlari, distribyuterlari va eksportyorlarini qoʻllab-quvvatlashga hamda iqtisodiy oʻsishning asosiy omili hisoblangan savdo sektorini rivojlantirishga koʻmaklashishga tayyor ekanligini koʻrsatmoqda. 
Maʼlumot uchun. 
Xalqaro moliya korporatsiyasining 5,5 mlrd. dollarlik Global savdoni moliyalashtirish dasturi rivojlanayotgan bozorlarda banklarning savdo majburiyatlarini kafolatlash orqali xavfni kamaytirishga yordam beradi.  
XMKning mazkur dasturi 2005-yilda tashkil etilgan boʻlib, Xalqaro moliya korporatsiyasi savdo amaliyotlarini moliyalashtirish boʻyicha 71 mingdan ziyod kafolatlarni chiqardi. Bu bilan turli sektorlar, shu jumladan, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi sektori, sogʻliqni saqlash ham koʻplab boshqa sohalarni rivojlantirishga koʻmaklashadi. Xalqaro moliya korporatsiyasining savdoni rivojlantirish borasidagi faoliyati doirasida dunyoning 90 dan ziyod mamlakatida umumiy qiymati 190 mlrd. AQSH dollarilik savdo amaliyotlari qoʻllab-quvvatlangan. 
Bugungi kungacha Bank Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining savdoga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jumladan, Bank Osiyo taraqqiyot bankining 2018, 2019 va 2020-yillardagi “Oʻzbekistondagi eng faol hamkor banki” sifatida hamda savdoni moliyalashtirish boʻyicha dasturlar doirasida 2020-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining «Oʻzbekistondagi eng faol bank-emitenti» deb eʼtirof etilgan. 

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 23.07.2021 18:42  
up