Все Кредиты
Urganch shahrida Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)ning Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF) doirasida seminar oʻtkazildi.
YETTB Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi orqali Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni faol qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, konsalting xizmatlarini koʻrsatish va grantlar bilan taʼminlash asosida sohada qator ijtimoiy va ekologik loyihalar moliyalashtirilmoqda.
Jumladan, dasturga koʻra Oʻzsanoatqurilishbank mijozlariga jalb qilinayotgan mablagʻlar “yashil” bank mahsuloti orqali energiya samaradorligini oshiruvchi, energiya tejovchi va muqobil energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, irrigatsiya sohasiga oid texnologiyalarni oʻzlashtirishga doir loyihalarga yoʻnaltirilmoqda.
Urganchda tashkil etilgan seminarni YETTBning Oʻzbekistondagi “Kichik biznes uchun maslahat” dasturi konsultantlari olib bordi.
Ular YETTBning kichik, oʻrta va korporativ biznes kreditorlarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari va vositalari hamda yashil texnologiyalarni moliyalashtirish mexanizmlari xususida tushuncha berdi.
Ishtirokchilar GEFF dasturi doirasida moliyalashtirishning tartib-taomillari, kredit shartlari, subqarz oluvchilar uchun imtiyozlar haqida maʼlumotga ega boʻldi.
Qurilish materiallari tarmogʻi va tibbiyot sohasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalar tahlil qilindi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...