Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank YETTB bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun seminar tashkil etdi


10.07.2025 11:40

O‘zsanoatqurilishbank YETTB bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun seminar tashkil etdi



Joriy yilning 9-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank bosh ofisida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bilan hamkorlikda savdoni moliyalashtirish mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda bankning 50dan ziyod mijozlari ishtirok etdi.

Seminar davomida YETTB ekspertlari xalqaro savdo, faktoring, akkreditivlar, bank kafolati va savdoni moliyalashtirish sohasidagi eng ilg‘or amaliyotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, biznesni strategik boshqarish, yangi bozorlarga chiqish va rivojlanish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlar uchun faqat nazariy bilim emas, balki aniq moliyaviy yechimlar, grant dasturlari va konsalting xizmatlariga keng yo‘l ochadi.

Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan YETTB bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi tadbirkorlik subyektlarini nafaqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga hamda biznes uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Bank kelgusida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish, tadbirkorlik muhitini yana-da yaxshilash va mahalliy biznesni xalqaro maydonga olib chiqishni maqsad qilgan.

 

Bank axborot xizmati





Другие новости

16.02.2026 09:47:57
SQB’da milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi. ...

12.02.2026 09:59:14
SQB vakillari hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda

Joriy yilning 11-fevral kuni Sanoatqurilishbank vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh va Qoʻngʻirot tuma ...

09.02.2026 09:46:36
Milliy libos – yurtimiz ma’naviyati va madaniy merosi ifodasi!

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Milliy liboslar kuni”ni katta ruh va g‘urur bilan nishonladi. Turli hududlarga xos ...


Дата последнего обновления: 16.01.2026 16:20  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo