Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbankda Turkiyaning Maltepe universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi


08.10.2021

Oʻzsanoatqurilishbankda Turkiyaning Maltepe universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi

Joriy yilning 7-oktyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbankda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash raisi Saxi Annaklichev Turkiyaning Maltepe universiteti rektori, doktor Shaxin Karasar boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda turkiyalik mehmonlar Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida taʼlim sohasini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi. Bu borada xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikning kengayib borayotgani nainki oʻzbekistonlik yoshlar, balki iqtisodiyotni, xususan, kichik va oʻrta biznes uchun ham ulkan imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilar ekan, bunda ilm-fanga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining shu yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, mazkur farmon ijrosi doirasida shu yil 21-avgust kuni Oʻzsanoatqurilishbank va Maltepe universiteti oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida mazkur universitet filialini ochish boʻyicha memorandum imzolangan edi. 

Uchrashuvda turkiyalik mutaxassislarga qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, xususan, yuqori malakali tarmoq mutaxassislarini tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Oʻz navbatida mehmonlar Oʻzbekistonda soha imkoniyatlarga yuqori baho berarkan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini mamlakatimiz yoshlari va boshqa barcha manfaatdor tomonlar bilan boʻlishishga tayyorligini maʼlum qildi. 

Qayd etish kerak, Turkiya yuqori sifatli beton va temir-beton ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yangi avlod kimyoviy qoʻshimchalari va plomba moddalarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi ekanligini hisobga olib, Maltepa universiteti taʼlim dasturlari doirasida tegishli mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha ish olib boradi. 

Maʼlumot uchun. Maltepe universiteti xususiy oliy taʼlim muassasasi boʻlib, u 1997-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida “Istanbul taʼlim fondi” tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu oliygohda taʼlimning barcha yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

17.04.2024 15:17:48
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

13.04.2024 16:54:15
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...

08.04.2024 11:51:32
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari barqaror ishlamoq ...


Дата последнего обновления: 08.10.2021 16:23  
up