Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik


27.03.2020 11:47

Oʻzsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

Oʻzsanoatqurilishbank yurtimiz aholisi hamda bank mijozlariga masofadan koʻrsatilgan xizmatlar soni va sifatini oshirish barobarida ularning choʻntakbopligini taʼminlash ustida tinimsiz ishlamoqda. Bu borada tadbirkorlik subyektlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Endilikda koʻplab tadbirkorlarimizning beminnat yordamchisiga aylanib ulgurgan – Oʻzsanoatqurilishbank onlayn banking xizmatidan barcha yangi ulanuvchi yuridik shaxslar dastlabki 6 oy davomida mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin boʻldi.

Yuridik shaxslar uchun “Bank-mijoz” hamda “Mobil bank” nomli qulay tizimlar orqali barcha zarur operatsiyalarni oson va tez amalga oshirish mumkin. Xususan:
  • hamkorlarning istalgan bankdagi boshqa hisob raqamlariga toʻlovlarni amalga oshirish;
  • Oʻzsanoatqurilishbank tizimida 24/7 rejimida toʻlov hujjatlarini yuborish;
  • xodimlar maoshini ularning kartasiga oʻtkazish;
  • hisobdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot olish;
  • kommunal toʻlovlarni toʻlash va yana boshqa koʻplab qulayliklarga ega.
Shu oʻrinda Oʻzsanoatqurilishbank mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchiga aylangan biznes subyektlarini har qanday vaziyatda qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini eslatib oʻtamiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

0 (800) 120-77-77 Oʻzbekiston boʻylab qoʻngʻiroq bepul

+998 71 200-43-43 Dunyoning istalgan joyidan qoʻngʻiroq uchun

+998 94 210-43-43 Telegram, WhatsApp, Viber, Imo, Skype, WeChat orqali xabarlar uchun

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2020 22:14  
up