Все Кредиты
Joriy yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Prezidentimizning 2024-yil 16-yanvardagi “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzsanoatqurilishbankning 2023-yilda mamlakatimizda iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni taʼminlashdagi faol ishtiroki eʼtirof etildi.
Markaziy bank va tijorat banklarining masʼul vakillari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda farmon mazmun-mohiyati keng tushuntirildi, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi bilan tanishtirildi, ushbu yoʻnalishda yurtimizda tijorat banklarining roli va masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari oʻrtasida 2023-yil davomida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Bu borada qonunchilik va ichki nazorat qoidalariga rioya qilib, hamkorlikda yuqori natijalarga erishgan hamda jinoyatchilikka murosasiz kurashib, mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy xavfsizligini taʼminlashda faol ishtirok etgani uchun Oʻzsanoatqurilishbank jamoasiga Bosh prokuratura tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...