Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi moliya muassasalari orasida tadqiq qilingan iqlim o‘zgarishini baholash tizimi doirasida yetakchi deb topildi.
Ma’lumki, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan moliyaviy institutlar uchun iqlim o‘zgarishini baholash bo‘yicha platforma ishga tushirilgan. Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 200dan ziyod moliya institutlarning iqlimni yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi, xususan, ular tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar barqarorligi va atrof-muhitga ta’siri o‘rganib kelinmoqda.
Bu borada 2023-yil yakunlari sarhisob qilinganda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan eng ko‘p sonli tranzaksiya amalga oshirilib, buning natijasida issiqxona gazlari chiqindisi eng ko‘p miqdorda kamaytirilgani e’tirof etildi.
Ta’kidlash joiz, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida muassasa tomonidan XMK platformasi yordamida 87 ta “yashil” tranzaksiya amalga oshirildi. Atrof-muhitga tarqaladigan issiqxona gazlari 45 ming tonnaga qisqartirildi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...