Yangiliklar

OAV vakillari “YTONG” avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi korxonada boʻlishdi


11.07.2023 17:05

OAV vakillari “YTONG” avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi korxonada boʻlishdi

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Oʻzsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda “YTONG” brendi ostida avtoklav gazobeton bloklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “AKFA BUILDING MATERIALS” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qurilish materiallardan biri hisoblangan avtoklav gazobeton bloklari iqlim va tabiat injiqliklariga chidamli, haroratni bir meyorda ushlab turish xususiyatiga ega. 

Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “AKFA BUILDING MATERIALS” MCHJ avtoklav gazobeton ishlab chiqarish boʻyicha eng yetakchilardan biri hisoblanadi. Bu yerda yiliga 500 ming metr kub gazobeton ishlab chiqariladi.

Korxona Germaniyaning “MASA GMBH” kompaniyasi texnologik majmui bilan jihozlangan. Ushbu  texnologik jihozlar hisobiga u yerdagi ishlab chiqarish toʻliq avtomatlashtirilgan.

2022-yilda investitsiya dasturi doirasida faoliyat boshlagan korxonaga 150 dan ortiq ishchi-xodimlar jalb qilingan, ular orasida xorijiy mutaxassislar ham faoliyat yuritadi.

Eʼtiborlisi, korxonada tayyorlangan mahsluotlarga nafaqat mahalliy bozorda, balki qoʻshni davlatlarda ham talab yuqori. Hozirda Qozogʻiston va Qirgʻiziston Respublikasi tadbirkorlari bilan shartnomalar imzolangan.

Press-tur davomida jurnalistlar avtoklav gazobeton bloklarining xususiyatlari, turlari va uning ishlatilishi haqida koʻrgazma tashkil etildi. Mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi.

– Innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilganimiz bois jahon standartlaridagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishmoqdamiz, – deydi korxona direktori Ayubxon Nuritdinov. – Xom ashyoni ilm-fan yutuqlari asosida chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyib mahsulotlar tannarxini pasaytirish va qoʻshilgan qiymat xosil qilish boʻyicha soha olimlari bilan hamkorlikda ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Hozirda korxonamiz mahsulotlari istalgan xorijiy brendlar bilan tenglasha oladi.

Maʼlumot uchun. Gazobeton – gʻovak (teshik-teshik) betonning bir turi boʻlib, zamonaviy qurilish materiali hisoblanadi. Uni baʼzan “sunʼiy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud boʻlib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega boʻladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8-marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq gʻishtga nisbatan bir nechta afzallikka ega. 1 metr kub metr gʻisht 1800-2000 kg ogʻirlikka ega boʻlsa, shu hajmdagi gazobetonning ogʻirligi atigi 500-700 kg. ni tashkil etadi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 24.07.2023 17:07  
up