Yangiliklar

OFID Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga 20 mln. AQSH dollari taqdim etadi


12.05.2020 16:40

OFID Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga 20 mln. AQSH dollari taqdim etadi

Joriy yilning 6-may kuni Vena shahri (Avstriya)da OPЕK Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Oʻzsanoatqurilishbank bilan 20 mln. AQSH dollariga teng kredit bitimini imzoladi. Hujjat Oʻzbekistondagi mahalliy korxonalarning savdo boʻyicha moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.

Kredit Oʻzsanoatqurilishbankning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa iqtisodiy oʻsish va yangi ish oʻrinlarini yaratishning muhim omili hisoblanadi.

OFIDʻdan oʻzlashtirilgan mablagʻlar Bank tomonidan qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, qurilish va toʻqimachilik sanoati kabi iqtisodiyotning turli sohalaridagi subqarzdorlarga savdoni moliyalashtirish boʻyicha taqdim etiladi.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan ilgari surilayotgan islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirib, xususiy sektorga investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirmoqda. Xalqaro rivojlanish fondi ham Oʻzsanoatqurilishbankning 23 mingdan ziyod mijozlar bazasidan foydalanib, muassasaning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlar portfelini kengaytirishga koʻmaklashishni maqsad qildi. Aytish lozim, mazkur hamkorlik mahalliy kompaniyalarning savdo boʻyicha moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi.

– OFID Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni anchadan beri qoʻllab-quvvatlamoqda, – dedi OFID Bosh direktori Abdulxamid Alxalifa. –Ammo mazkur hujjat bank bilan savdoni moliyalashtirishga oid ilk bitimimiz bo’lib, u xususiy sektorni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishga yaxshi misol boʻla oladi. Biz har qanday iqtisodiyotning hayotiy muhim jabhasi – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashdan mamnunmiz. Oʻzbekistonga BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi inklyuziv va barqaror iqtisodiy oʻsish hamda bandlikni taʼminlashga koʻmaklashishga qaratilgan maqsadiga koʻmaklashishga tayyormiz.

Taʼkidlash joiz, OFID va Oʻzbekiston yigirma yildan ziyodroq vaqt mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha hamkorlik qilib keladi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2020 19:26  
up