Все Кредиты
“Otashin sovg‘alar” aksiyasi Oʻzsanoatqurlishbank mijozlariga omad keltirdi
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Masterchard” xalqaro toʻlov tizimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan SQBdan “Otashin sovg‘alar” aksiyasi oʻz yakuniga yetdi. Unda jami 45 nafar karta foydalanuvchisi gʻolib boʻlib, maxsus sovrinlarni qoʻlga kiritdi.
Bank tomonidan Masterchard kartalarini mijozlar orasida keng targʻib qilish va shu orqali xalqaro kartalar emissiyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan aksiyaga 2023-yilning sentyabr oyida start berilgan edi.
Unga koʻra, mijozlar 2023-yilning 15 sentyabridan boshlab Oʻzsanoatqurilishbank ofislarida ochilgan Masterchard kartasi orqali savdo terminallarida yoki onlayn tarzda umumiy summasi 10 AQSH dollari (yoki milliy valyutadagi ekvivalentda) va undan yuqori qiymatda 3-martalik xaridni amalga oshirish lozim edi.
Aksiyada quyidagi sovrinlar oʻynaldi:
5 dona iPhone 14 Pro Max;
5️ dona Tilla taqinchoqlar uchun 10 million so‘mlik sovg‘a sertifikatlari;
5 dona Sony PlayStation 5.
Yutuqli oʻyinlar esa, har oy bankning ijtimoiy tarmoqlarida jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida oʻtkazildi.
Aksiyaning yakuniy bosqichi gʻoliblari 2023-yilning 22-dekabr kuni bankning feysbukdagi sahifasida jonli efirda tasodifiy tarzda aniqlandi. Sovrinlar “Otashin sovg‘alar” aksiyasining omadli ishtirokchilari uchun haqiqiy Yangi yil oldi sovgʻasi boʻldi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...