Все Кредиты
Andijon viloyati Shahrixon tumanida akademik Sarimsoqov nomidagi nodavlat taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini boshladi. Maktabni barpo etish va jihozlash ishlarida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan moliyaviy koʻmak berildi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2021-yilda Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida mamlakatimiz ilm-fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, topologiya va funksional analiz boʻyicha ilmiy maktab yaratgan olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Toshmuhammad Sarimsoqovning ilmiy merosini chuqur oʻrganish va xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Sarimsoqov oʻqishlari”ni yoʻlga qoʻyish taklifini bergan edi.
Shahrixonlik tadbirkor Mansurbek Mamayusupov Prezidentimizning ushbu taklifini qoʻllab-quvvatlab, umumiy qiymati 21,5 mlrd. soʻmga teng loyiha asosida zamonaviy maktab barpo etdi. Buning uchun Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 13 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratildi.
Akademik Sarimsoqov nomidagi xususiy maktab ming oʻringa moʻljallangan boʻlib, joriy yangi oʻquv yilida 400 nafar oʻquvchini oʻz bagʻriga oldi.
Ochilish marosimida soʻz olganlar taʼlim maskanida oʻquvchilarning puxta bilim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini qayd etdi. U yerda taʼlim-tarbiya tizimi Prezident va ixtisoslashgan maktablarda joriy etilgan yangi milliy taʼlim dasturi asos qilib olingani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, fizika, kimyo va biologiya sinf xonalari zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlangan. Binosiga 31 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari oʻrnatilgan.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...