Yangiliklar

Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


10.10.2022 15:57

Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruv raisi Saxi Annaklichev boshchiligidagi masʼullar Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar bilan uchrashib, muassasa koʻmagida ishga tushgan obyektlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2020-yilning 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida “Mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish boʻyicha yangi tizimni joriy etishga qaratilgan vazifalar belgilanib, vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari va banklar rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan edi.

Shunga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank masʼul etib belgilangan Qoraqalpogʻiston Respublikasida ushbu tizim asosida qator ishlar tashkillashtirildi.

Ishchi guruhlar tomonidan har bir mahallaning muammolarini 3 toifaga tasniflagan holda “drayver” va boshqa oʻsish nuqtalarini aniqlash, iqtisodiy rivojlantirishdagi kamchilik va toʻsiqlarni bartaraf qilish, mahallalarni obodonlashtirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish obyektlarining uzluksiz faoliyat yuritishi hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalardagi ishsizlar bandligini taʼminlash kabi muhim vazifalar amalga oshirildi.

Xususan, Qoʻngʻirot tumani “Ustyurt” ovul fuqarolar yigʻinida yangi sport majmuasi bunyod etildi.

Mini futbol va universal sport maydonchasidan iborat mazkur majmua hudud aholisini sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlariga jalb qilish barobarida, tumanda bandlikni oshirish va servis xizmatlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.

Saxi Annaklichev boshchiligidagi masʼullar sport majmuasiga tashrif buyurib, u yerda ovulliklar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi, yoshlar bilan muloqot qildi.

Bank rahbarlari uchun navbatdagi manzil Moʻynoq tumanida qamishdan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi boʻldi.

“MUYNAK LDSP” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 7,4 mln. AQSH dollar hajmida boʻlib, unga bank tomonidan 5,4 mln. dollar miqdorida kredit ajratilgan. Natijada 230 ta doimiy va 1200 ta qoʻshimcha (mavsumiy) ish oʻrni yaratilgan.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 65,0 ming m3 LDSP mahsulotlariga teng boʻlib, ular shuningdek, Qozogʻiston, Tojikiston, Afgʻoniston davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Bank raisi Nukus shahridagi “Ekobozor” savdo majmuasidagi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.

Qayd etish joiz, “Uy-jay qurilis” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha uchun bank tomonidan 85,0 mlrd. soʻm hajmida kredit ajratildi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 150 ta tadbirkorlik subyekti hamda 450 ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.

Bank rahbarining tadbirkorlar bilan oʻzaro muloqoti davomida ular faoliyatiga oid muammo va takliflar oʻrganilib, yechimi yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 11.11.2022 16:07  
up