Yangiliklar

Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining tadqiqot ehtiyojlari o‘rganilmoqda


06.08.2024 17:52

O‘zsanoatqurilishbank va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “R&D tadqiqotlar markazi” tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi yuzdan ziyod korxonalarning ilmiy jihatdan hal etilishi lozim bo‘lgan 50 ga yaqin texnologik muammolari jamlandi. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarinig “tadqiqot portfoliosi” o‘rganilgan holda 37 ta ilmiy loyiha shakllantirildi.

Prezidentimiz tomonidan qurilish materiallari sohasini ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirish, bunda tarmoq korxonalari oldida turgan texnologik masalalarga ilmiy tadqiqotlar ko‘magida, soha olimlari salohiyatidan unumli foydalangan holda yechim topish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan.

Shu maqsadda joriy yilning 15-iyun kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda “R&D tadqiqotlar markazi” tashkil etildi.

Bugungi kunda markaz tomonidan tayyor, ilmiy asoslangan loyihalarni shakllantirish va ularni tijoratlashtirish hamda sohaning tadqiqot ehtiyojlari bilan olimlarning tadqiqot yo‘nalishlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash yo‘lida faol ishlar olib borilmoqda.

Xususan, o‘tgan bir oy davomida 20 ta oliy ta’lim muassasasi va 4 ta ilmiy tadqiqot institutining “tadqiqot portfoliosi” o‘rganilib, 37 ta ilmiy loyiha shakllantirildi. Yuzdan ziyod ishlab chiqarish korxonalarining

50 ga yaqin ilmiy jihatdan hal etilishi talab etiladigan texnologik muammolari jamlandi.

Keramik materiallar ishlab chiqarishda yuqori harorat ta’sirida yuzaga kelayotgan mahsulotdagi yoriqlarni bartaraf etish, kulrang kaolin xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish, sement ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, sanoat chiqindisi hisoblangan dolomit unidan qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish kabi masalalar shular sirasiga kiradi.

Bu borada jalb qilingan 170dan ziyod turli ilmiy darajadagi professor-o‘qituvchilarning 50 dan ziyod patent, ixtiro va foydali modellari, 150 dan ortiq texnologiyalarga qaratilgan ilmiy ishlari ishlab chiqarish korxonalariga taqdim etish uchun tahlil qilindi.

Ushbu ilmiy ishlar mahsulotlar kesimida beton va uning xossalarini kuchaytirish, bog‘lovchi materiallar, bazalt va polimerlar asosida yangi materiallar va energiya tejamkor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.

Endilikda markaz tomonidan soha korxonalarining tizimli texnologik muammolari darajalarga ajratilgan holda tadqiq qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joiz, “R&D tadqiqotlar markazi” qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalardan ilmiy asosga muhtoj takliflarni, tadqiqotchilardan esa ilmiy asoslangan loyihalarni qabul qilishda davom etmoqda.

Murojaat uchun: +998 91 191 40 41; +998 90 014 68 94

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

20.05.2025 14:36:25
SQB: xalqaro moliya maydonidagi strategik hamkorlik samaralari

Joriy yilning 20-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning 2024 ...

20.05.2025 09:50:22
Qonun moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Joriy yil 4-mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to ...


Дата последнего обновления: 06.08.2024 18:00  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo