Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoati: vazifalar va natijalar


26.10.2022 15:46

Qurilish materiallari sanoati: vazifalar va natijalar

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Milliy matbuot markazida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish hamda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarning joriy holati hamda yil yakuniga qadar kutilayotgan natijalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank qurilish materiallari ishlab chiqarishni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlarning tizimli borishida masʼul hisoblanadi.

Matbuot ajumanida taʼkidlanganidek, bu boradagi saʼy-harkatlar qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishdan boshlandi.

Xususan, Bank tomonidan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda “Boston consulting group” xorijiy kompaniyasi mutaxassislarini jalb qilgan holda qurilish materiallari sanoatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.

Sohada ilmiy salohiyatni oshirish hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishda Turkiya tajribasidan foydalanish maqsadida Turkiyaning Maltepe universiteti va Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (IMSAD) bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Yiliga 400 nafar tinglovchini oʻqitishga moʻljallangan “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi va uning Samarqand filiali tashkil etildi. 65 turdagi qurilish materiallari boʻyicha amaliy-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqildi.

Biznes loyihalarni ishlab chiqish va tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida konsalting kompaniyasi va uning hududiy tarmoqlari tashkil etildi.

Loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tijorat banklarining yetakchi xorijiy moliya institutlari bilan hamkorligi kuchaytirildi.  Birgina Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, 586 mln. dollar hajmida chet el kredit liniyalari jalb qilindi (yil yakuniga qadar qoʻshimcha 69 mln. dollar mablagʻ olinishi rejalashtirilgan). Boshqa banklar bilan birgalikda umumiy qiymati 1 mlrd. dollar boʻlgan 203 ta investitsiya loyihaga 373,6 mln. dollar miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi. Shuningdek, qiymati 608 mln. dollarlik 242 ta loyiha ishga tushirildi.

Pirovardida, joriy yilning oʻtgan davrida qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 22,5 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 124 foizga oʻsdi. 6 393 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Jumladan, 11,1 mln. tonna sement, 19,8 mln. kv. metr qurilish oynasi, 18,5 mln. kv. metr keramik plitkalar, 49 mln. kv. metr gipsokarton, 1 810 ming oʻram gulqogʻoz kabi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Ushbu davrda sohaga 1 102,4 mln. dollarlik investitsiyalar jalb etildi (oʻsish 124 foiz), 445,5 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi (oʻsish 156 foiz), mahalliylashtirish dasturi doirasida 1 020 mlrd. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi (oʻsish 149 foiz).

Matbuot anjumanida 2022-yil yakuniga qadar mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 27,6 trln. soʻmga, mahsulotlar eksporti esa 600 mln. dollarga yetkazilishi kutilayotgani qayd etildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.10.2022 15:50  
up