Все Кредиты
Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” koʻrgazmalar majmuida anʼanaviy “INNOPROM” Markaziy Osiyo-2023 xalqaro sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Hududlararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi oʻnlab mahalliy korxonalar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, oʻtgan yillar davomida keng koʻlamli ekspozitsiya doirasida 30 ta ishbilarmonlik tadbiri va tadbirkorlar oʻrtasida 500 dan ortiq uchrashuvlar oʻtkazilgan, natijada umumiy qiymati 7 milliard dollardan koʻp boʻlgan 600 dan ziyod kelishuvlarga erishilgan.
Joriy yilda “INNOPROM” nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yirik sarmoyaviy-iqtisodiy va sanoat istiqbollariga yoʻl ochdi.
Yarmarkada Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozogʻiston, Turkiya va Turkmaniston kabi davlatlardan mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, yuzlab xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida sohadagi eng ilgʻor texnologiyalar va ishlanmalar keng targʻib qilindi, Oʻzbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar oʻrtasida hamkorlik kengaytirildi, yangi investitsion bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.
Muloqot maydonida mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati vakillari ham xorijlik mutaxassislar bilan raqobat va raqobatbardosh bozorni rivojlantirish yuzasidan fikr almashishdi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish rejalari bilan oʻrtoqlashdilar. Yirik korxonalar oʻz mahsulotlarini namoyish etdi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...