Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengashning dastlabki ishlari sarhisob qilindi


10.09.2021 11:26

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengashning dastlabki ishlari sarhisob qilindi

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbank masʼullari ishtirok etdi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengash Raisi S.Annaklichev boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mazkur Kengash tomonidan oʻtgan qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilning sentyabr oyida bajarilishi moʻljallangan vazifalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, 2021-2023-yillar davomida qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida barcha tijorat banklari bilan birgalikda qiymati 5,7 mlrd. dollarlik 1348 ta loyiha shakllantirilgan. Hozirgi kunga qadar 551 ta loyihaga kredit mablagʻlari ajratilgan.

Oʻzsanoatqurilishbankning xalqaro hamkorlari hisoblangan “BCG” kompaniyasi ekspertlarini jalb etgan holda, sohani tahlil qilish, xorijiy tajribani oʻrganish, uni jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzolangan. 

Tadbirda joriy yilning 5-avgust kuni ushbu loyiha doirasida xorijiy konsultantlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qurilish materiallari sanoati strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha ssenariylar hamda sanoatning strategik maqsadlari muhokama qilingani aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, 65 ta mahsulot turi boʻyicha amaliy-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilgan boʻlib, qoʻllanmalar barcha viloyatlarda tadbirkorlar ishtirokida taqdimot qilinishi rejalashtirilgan.

Maʼlumki, shu yilning 21-avgust kuni Istanbul shahrida Oʻzsanoatqurilishbank va Turkiyaning Maltepe universiteti oʻrtasida ham memorandum imzolandi. Unga koʻra, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida mazkur universitet filialini ochish boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib, mamlakatimizda qurilish sektorini rivojlantirish uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga kelishib olindi.

Shuningdek, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida alohida zamonaviy labaratoriya hamda oʻquv markazi tashkil etish maqsadida loyiha smeta hujjatlariga asosan qurilish montaj ishlari boshlangan.

Yigʻilishda ishlarni jadallashtirish, xususan, qoʻyi tizimda ishlarni yaxshilash hamda tadbirkorlar muammolarini joyiga chiqib oʻrganish maqsadida ishchi guruh tashkil etish vazifasi qoʻyildi. 

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼullar axboroti tinglandi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 10.09.2021 11:28  
up