Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoati Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligi asosida yanada rivojlantiriladi


21.03.2025 12:39

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik tobora mustahkamlanib, qurilish materiallari sanoatidagi aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Ikki davlatning milliy qadriyatlari va urf-odatlarining oʻxshashligi, shuningdek, Turkiyaning qurilish sanoatidagi ilgʻor tajribasi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

2025-yil 20-mart kuni IMSAD – Turkiyaning Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida IMSAD va “Oʻzsanoatqurilishbank” oʻrtasida jami toʻqqizta strategik yoʻnalish boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Jumladan:

✅ ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va sohadagi tadqiqot muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish;

✅ xom ashyo sifati va qurilish materiallari standartlarini oshirish, milliy normalarni Turkiya tajribasi asosida modernizatsiya qilish;

✅ sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish;

✅ yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xorijiy brendlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2024-yilda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida qurilish materiallari sohasidagi tovar ayirboshlash hajmi 64,5 million AQSH dollarini tashkil etgani qayd etildi. Kelgusida talab qoplanmagan qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida biznes-forumlar tashkil etishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: Turkiyaning Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi – IMSAD 1984-yilda tashkil etilgan boʻlib, u 85 ta yirik kompaniya, 60 ta uyushma, 1 ta kasaba uyushmasi va 5 ta universitetni oʻz ichiga oladi. Ularning jami ishlab chiqarish hajmi 120 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

                                                                                                                                                                                                                                     

                                                                                                                                                                                                               Bank axborot xizmati





Другие новости

09.02.2026 09:46:36
Milliy libos – yurtimiz ma’naviyati va madaniy merosi ifodasi!

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Milliy liboslar kuni”ni katta ruh va g‘urur bilan nishonladi. Turli hududlarga xos ...

02.02.2026 11:29:46
Juma – milliy an’analar kuni

Haftaning har jumasi O‘zsanoatqurilishbankning xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida alohida ruh, milliy kayfiyat va an’ ...

26.01.2026 11:58:09
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Joriy yilning 8-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) aksiyadorlar tarkibida o‘zga ...


Дата последнего обновления: 25.03.2025 09:41  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo