Все Кредиты
- joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “oʼzini yakkalash” hayot tarzi joriy etiladi. 65 yoshdan yuqori boʼlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.
- Zarurat boʼlgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar doʼkoniga chiqishga ruxsat etiladi.
Komissiya qaroriga koʼra, yakka tartibdagi xayriya aktsiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aktsiyalarini joriy yilning 1 aprelidan eʼtiboran vaqtincha toʼxtatiladi.
- Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:
- Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi Oʼzekspomarkaz Milliy koʼrgazma majmuasi tarkibidagi pavilьonda tashkil etiladi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;
- Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʼlimlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolgʼiz keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi maʼlumotni hududiy tegishliligi boʼyicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning begʼaraz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigienik talablarga muvofiqligi koʼrikdan oʼtkazilib, karantin talablariga qaʼtiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;
- aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida boʼlgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va koʼngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;
- ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi maʼlumotlar jamoatchilikka mentazam yetkazib boriladi.
- Pul koʼrinishidagi mablagʼlarni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʼtkazish tavsiya qilinadi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...