Yangiliklar

“S&P Global Ratings”: O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi “Barqaror”


01.03.2024 11:11

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” suveren reytingi darajasida ekanligini tasdiqlab, istiqboli “Barqaror” deya baholadi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bank xizmatlari bozoridagi faollik moliya muassasasining korporativ sektorda mustahkam o‘rin egallaganini bildiradi. Bu, o‘z navbatida, bank kapitallashuvining barqaror kechishiga turtki beruvchi rentabellik va kredit portfelidagi tijorat kreditlari ulushining oshishiga xizmat qiladi. “Barqaror” darajadagi prognoz, shubhasiz, Bank kapitalining yetarlicha miqdorini anglatadi.

“S&P Global Ratings” tahlilchilari tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlamoqda, tavakkalchiliklarni boshqarish vositalarini takomillashtirishni davom ettirmoqda, o‘z mijozlari uchun raqamli mahsulot va xizmatlarni rivojlantirishga sarmoya kiritib, operatsion samaradorligini oshirmoqda.

Bundan tashqari, tahlilchilar bank aktivlari sifati yaxshilanishda davom etishini prognoz qilgan.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 01.03.2024 11:12  
up