Yangiliklar

Sanoat Qurilish Bank Visa kartalari bo‘yicha chegirmalar e’lon qildi!


14.12.2018 18:21

Sanoat Qurilish Bank Visa kartalari bo‘yicha chegirmalar e’lon qildi!

Sanoat Qurilish Bank o‘z xizmatlari bo‘yicha tariflarni arzonlashtirmoqda. Maqsad - mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda bank xizmatlariga keng jamoatchilikni ko‘proq jalb qilishdan iborat.
Shunday qilib, bank xizmatlari yuzasidan belgilangan yangi tariflarga ko‘ra, Sanoat Qurilish Bank’ning milliy va xorijiy valyutadagi Visa Electron plastik kartalari talabgorlarga bepul taqdim etiladigan bo‘ldi. 
Plastik kartalar ochilganda qabul qilinadigan sug‘urta badallari to‘lov vositalarining Visa Electron va Visa Classic turlari bo‘yicha bir xil miqdorda, ya’ni 50 AQSh dollaridan 10 AQSh dollarga kamaytirildi.
Visa Gold kartasi yuzasidan esa avval amal qilingan 200 AQSh dollarilik sug‘urta badali 50 AQSh dollariga tushirildi.
Ta’kidlash joiz, Sanoat Qurilish Bank’ning amaldagi bank xizmatlari bo‘yicha tariflarni qayta ko‘rib chiqishi bank mahsulot va xizmatlari jozibadorligini yanada oshirishga, mijozlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlab, ular doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.




Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up