Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbankka biriktirilgan Sardoba tumanida 11 ta tijorat banki tomonidan jami 85 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi.
Joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi natijasida yondosh tumanlarni suv bosib, koʻplab aholi turar joylari, ijtimoiy obyektlar, ekin maydonlari hamda yoʻl va kommunikatsiya tarmoqlariga katta zarar yetdi.
Ayni paytda respublikamizdagi vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari, turli muassasalar, qolaversa, xalqimiz orasidan chiqqan minglab koʻngillilar kuchi bilan talofat oqibatlarini jadallik bilan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Oʻzsanoatqurilishbankka biriktirilgan Sardoba tumanida tijorat banklari tomonidan 2020-2021 yillar davomida hududning iqtisodiy salohiyatini tiklashga qaratilgan sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish kabi sohalariga doir umumiy hajmi 342,1 mlrd. soʻmga teng 85 ta loyihani ishga tushirib, uch mingga yaqin ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.
Qolaversa, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Sardoba tumanida umumiy qiymati 61,5 mlrd. soʻmlik toʻrtta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Sardoba Oqsaroy Tekstil” korxonasiga tegishli tikuv trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi boʻlib, obyektni qurish va jihozlashga Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy madad boʻlmoqda. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida 500 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Eʼtiborlisi, korxona toʻla quvvatda ishga tushganda tayyor trikotaj va xom ashyo matolar nafaqat mahalliy bozorga yetkazib beriladi, balki ularning 3,3 mln. AQSH dollarilik qismi chet davlatlarga ham eksport qilinadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2018 yil 13 noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Bank tomonidan Sardoba tumanida parrandachilik sohasini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Ushbu yoʻnalishda 2020-2021 yillarda jami miqdori 40,5 mlrd. soʻmlik uchta loyihaning amalga oshirilishi moʻljallangan.
Ulardan biri “Paxtaobod invest parranda” korxonasi tashabbuskorligida ishga tushirilib, natijada tuman aholisining 450 nafari ish bilan taʼminlanishi hamda yiliga aholi dasturxoniga ming tonnadan ziyod parranda goʻshti yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.
Bank tomonidan kreditlash bilan chegaralanib qolmasdan aholiga tadbirkorlik siru asrorlarini oʻrgatish boʻyicha ham ishlar boshlab yuborilgan.
Muxtasar aytganda, Sardoba tumanida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar hududning tiklanishi, sardobaliklarning avvalgidanda yaxshiroq hayot kechirishlariga munosib hissa qoʻshadi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...