Yangiliklar

“SQB Insurance”: boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalari keng joriy qilinmoqda


18.02.2020 15:04

“SQB Insurance”: boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalari keng joriy qilinmoqda

Bugun, 2020-yil 18-fevral kuni Milliy matbuot markazida “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosi doirasida sug‘urta kompaniyalari, jumladan, “SQB Insurance” tomonidan sug‘urta biznesiga innovatsion yondashish, yuridik va jismoniy shaxslarning talab va takliflari asosida yangi innovatsion sug‘urta xizmatlarini ishlab chiqish, boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qilgan holda milliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, kompaniya 2019-yil 16-avgustda umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 klassi bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lganligi, respublikaning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida o‘z filiallarini ochib, ular sonini 14 taga yetkazganligi ma’lum qilindi.

Aholining barcha qatlamiga mo‘ljallangan, soddalashtirilgan shartlarni o‘z ichiga olgan va, eng asosiysi, aholi uchun qulay narxlarda sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilganligi qayd etildi.

“Mening oilam”, “Mening uyim”, “Katta uy”, “KASKO-PREMIUM”, “KASKO-SILVER”, “SWEET HOME”, “MY CARD”, chet elga chiquvchilari (sayohatchilar)ni sug‘urtalash hamda jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash kabi sug‘urta mahsulotlari shular sirasiga kiradi.


Bundan tashqari, kompaniya tomonidan boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qilish, mijozlarga zamonaviy, sifatli va tekzor sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “SQB Online” platformasi ishga tushirildi. Sug‘urta xizmatlarining “Telegram-bot”, PayMe, Click to‘lov tizimlari orqali ham sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Kompaniya ichki va tashqi sug‘urta xizmatlari bozorlarida qayta sug‘urtalash xizmatlarini ham ko‘rsatish imkoniga ega. Ayni paytda shu yo‘nalishda 22 ta kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatilgan, “SKALA broker” (Rossiya) va “MOI Broker” (Qozog‘iston) xalqaro qayta sug‘urtalash brokerlari bilan shartnomalar tuzilgan. Natijada joriy yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, qayta sug‘urtalash xizmatlari bo‘yicha 394 ta shartnoma imzolanib, 1,4 mlrd. so‘m hajmida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlangan.

Xalqaro hamkorlik borasida “SQB Insurance”, shuningdek Turkiyaning REMED Assistance” (Turkiya) xalqaro assistans kompaniyasi bilan sayohatchilarni sug‘urtalash loyihasi doirasida ish olib bormoqda.

Anjumanda o‘tgan davr mobaynida kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ishlar aniq ko‘rsatkichlar doirasida sarhisob qilindi.

Unda 2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, kompaniya tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 21,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 8,9 mlrd. so‘m yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, 4,1 mlrd. so‘mi yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini, 1,2 mlrd. so‘mi jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, 607,0 mln. so‘mi majburiy sug‘urtalash va 6,3 mlrd. so‘mi moliyaviy qaltisliklardan sug‘urtalash kabi sug‘urta turlari hisobiga to‘g‘ri kelganligi qayd etildi.


Shuningdek, hisobot davrida 15 724 dona sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lib (shundan 85 foizi jismoniy shaxslar, qolgan qismi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi), 9 294,8 mlrd. so‘m sug‘urta himoyasi taqdim qilindi. Olingan sug‘urta javobgarliklarining 3 709,3 mlrd. so‘mi yoki 39,9 foizi boshqa qayta sug‘urta kompaniyalarida qayta sug‘urtalandi. 69 ta da’vo arizasi bo‘yicha 155,0 mln. so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Kompaniya aktivlari 2019-yil boshiga nisbatan 156,3 foizga oshib, 46,9 mlrd. so‘mni, shakllantirilgan sug‘urta zahiralari miqdori 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda. Kompaniya aktivlari yuqori likvidlikka ega bo‘lib, unda investitsiya qo‘yilmalarining ulushi 93,4 foizga tengdir.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari 2020-2023-yillarda kompaniyani rivojlantirish strategiyasi bilan tanishtirildi.

Tadbir so‘ngida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Ma’lumot uchun. “SQB Insurance” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi “PSB Insurance” MChJ sug‘urta kompaniyasi 2018-yil 28-noyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Kompaniya ta’sischisi (100 foiz) “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bo‘lib, uning ustav kapitali 30,0 mlrd. so‘m hajmida to‘liq shakllantirilgan. Kompaniyaning dastlabki faoliyati 2019-yil 5-aprelda Moliya vazirligi tomonidan berilgan SF 00240-sonli litsenziyaga muvofiq boshlangan.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 28.05.2020 10:17  
up