Yangiliklar

“SQB Insurance” “Fitch Ratings”dan “BB-” darajadagi “Barqaror” prognozli reytingga ega boʻldi


06.04.2023 12:22

Joriy yilning 5-aprel kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “SQB Insurance” sugʻurta kompaniyasiga muassasaning moliyaviy barqarorligi boʻyicha “BB-” darajadagi “Barqaror” prognozli reytingi taqdim etildi. Ushbu baho kompaniya majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqladi.

2022-yil yakunlari boʻyicha “SQB Insurance” sugʻurta kompaniyasi aktivlari 131,1 foizga, ustav kapitali 117,9 foizga, investitsiya qoʻyilmalari 133,9 foizga oshib, 13,4 mlrd. soʻm miqdorida sof foyda olishga erishildi.

Kompaniya kapital rentabelligi (ROE) 31,9 foizni va aktivlari rentabelligi (ROE) 9,2 foizni tashkil qildi. Mazkur moliyaviy koʻrsatkichlar sugʻurta bozoridagi oʻrtacha moliyaviy koʻrsatkichlardan yuqori hisoblanadi.

“SQB Insurance” qayta sugʻurtalash borasida ham katta tajribaga ega boʻlib, mahalliy va xalqaro sugʻurta hamda qayta sugʻurta kompaniyalari, sugʻurta brokerlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Buning natijasida muassasaning 2022-yil yakunlariga koʻra, kiruvchi qayta sugʻurta mukofotlari hajmi 127,8 foizga oʻsib, 13,8 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

“Fitch Ratings” reyting agentligi tomonidan berilgan “BB-” xalqaro reyting kompaniyaga biznesni kengaytirish, sugʻurta xizmatlari eksporti koʻlamini oshirish, xalqaro qayta sugʻurtalash bozoriga kirish hamda yangi mijozlarni jalb qilishda yangi imkoniyatlarni ochadi.

Quyidagi ilova orqali reyting bilan tanishishishgiz mumkin: https://www.fitchratings.com/entity/joint-stock-company-insurance-company-sqb-insurance-97464112

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 13.04.2023 12:23  
up