Все Кредиты
Joriy yilning 3-noyabr kuni Milliy matbuot markazida Oʻzsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʼtdi.
Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida mamlakatimiz moliya sektorini isloh qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Bunda, avvalo, banklarning tashkiliy tuzilmasi qayta koʻrib chiqilib, ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.
Farmon talablariga koʻra, 2020-yilda Oʻzsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini samarali olib borish maqsadida Loyiha boshqaruvi ofisi tashkil etildi. Xalqaro moliya korporatsiyasining amaliy koʼmagida ish boshlagan tuzilmaga xalqaro konsultantlar ham jalb qilindi.
– Bugungi kunda Oʻzsanotqurilishbank faoliyati ilgarigi holatdan tubdan farq qiladi, – deydi Loyiha boshqaruvi ofisi rahbari oʻrinbosari Yorqin Sultonov. – Boshqaruv tizimi, xizmat koʻrsatish uslubi, xizmatlar va mahsulotlar katalogi, IT majmui va bank tarmoqlarining infratuzilmaviy imiji butunlay yangi biznes modeli asosida qayta qurildi. Loyiha boshqaruvi ofisi faoliyati tizimdagi mazkur oʻzgarishlar zamirida turgan loyihalarni markazlashtiruvchi va boshqaruvchi boʻlinmadir.
Ofisning asosiy vazifasi bank strategik maqsadlari doirasida shakllantirilgan loyihalar portfelini boshqarishdan iboratdir. Bunda 30ga yaqin menejerlar xalqaro miqyosda keng ommalashgan metodlar asosida loyihalarning bir-biriga bogʻliqligini oʻrganadi, dolzarbligini aniqlaydi, metodologiyani qoʻllashda nazorat-tahlil ishini yuritadi, top-menejment uchun loyihalar holati boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtiradi. Tuzilmada, shuningdek, loyiha komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Matbuot anjumanida taʼkidlanishicha, oʻtgan davr mobaynida Bank biznes jarayonlaridan kelib chiqib loyiha boshqaruvi metodi optimallashtirildi, barcha jarayonlar avtomatlashtirildi.
Skolkova nomli Moskva biznes maktabi bilan xodimlar malakasini oshirish borasida hamkorlik oʻrnatildi.
Bugungi kungacha ofis menejerlari tomonidan 40 ta loyiha ustida ish olib borilib, shundan 18 tasi amaliyotga toʻliq tatbiq etildi, 13 tasi ishga tushish arafasida turibdi.
Jumladan, “Zolotaya korona” pul oʻtkazmasi orqali onlayn joʻnatmalar joriy qilindi, SWIFT operatsiyalarini onlayn treking qiluvchi GPI tizimi yaratildi, “Cashmanegment” asosida masofadan turib bankomatlarni monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi, “Joyda” mobil ilovasi va u bilan birgalikda elektron savdo maydonchasi (marketpleys) hamda bankning xizmat koʻrsatuvchi nuqtalarida oʻziga-oʻzi xizmat koʻrsatuvchi “Tachskrin” panellari ishga tushirildi.
– Joriy yilda xodimlarni zamonaviy oʻquv metodikasi asosida oʻqitish uchun yangi oʻquv markazi hamda bank biznes jarayonlarini raqamlashtirishda qulay sharoit yaratish maqsadida IT markazi faoliyat boshladi, – deydi Yorqin Sultonov. – Tarmoqlararo operatsiyalarni yagona bank kodiga oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyildi, yagona oyna dasturi joriy qilindi, tadbirkorlarga bankdagi oʻz hisob-raqamlarini 24/7 rejimida boshqarish imkonini beruvchi “SQB Business” internet bank xizmati ishga tushirildi.
Tadbirda ayni paytda loyiha menejerlari tomonidan kredit konveyeri (kreditlash amaliyotlari boʻyicha jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish) va “Joyda Pay” tizimlarini joriy qilish, “Joyda” mobil ilovasining yangi dizaynini yaratish, bankomatlar tarmogʻini 200 taga oshirish, shuningdek, bank xodimlarini boshqarish, komplaens nazorati va kreditlarni undirish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha faol ishlar olib borilayotgani maʼlum qilindi.
Bank Аxborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...