Yangiliklar

SQB’ning ijtimoiy tashabbusi: “Loyliq”da sportga yo‘l ochildi


13.06.2025 15:57

SQB’ning ijtimoiy tashabbusi: “Loyliq”da sportga yo‘l ochildi


Mamlakatimizda “mahallabay” ishlash tizimi nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, balki jamiyat taraqqiyotida ham muhim mexanizmga aylanmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy qiyinchiliklar va infratuzilmaviy muammolar bor “og‘ir” mahallalarda mazkur yondashuv aholi turmush darajasini oshirish, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va inson manfaatlariga xizmat qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadda O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Loyliq” qishlog‘ida joylashgan 59-umumta’lim maktabi sportzali tubdan ta’mirlandi. Bankning homiylik yordamida amalga oshirilgan ushbu ijtimoiy loyiha o‘quvchi-yoshlar uchun sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Chang-to‘zonli sport zali – endi zamonaviy sport maskani

Mazkur ta’lim muassasasida 560 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. Bir necha o‘n yillar mobaynida ta’mirtalab holatda bo‘lgan sport zalida qishda sovuq, yozda esa chang-to‘zon hukm surar, o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslarini ochiq havoda o‘tkazishga majbur edi.

Biroq, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan boshlangan ijtimoiy loyiha natijasida bu zal atigi ikki oy ichida to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.

Jumladan, futbol, voleybol va basketbol maydonchasi yangidan barpo etildi, 16 ta shkaf, 30 ta sport matosi, 25 ta anker, 4 ta gimnastika stoli, tennis raketkalari, to‘plar, arqonlar hamda kurash to‘garagi ishtirokchilari uchun kimonolar taqdim etildi. Bu bilan maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan tashqari voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat, kurash kabi sport to‘garaklarida ham shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldi.

– Yangilangan sport zali bilan nafaqat maktab infratuzilmasiga o‘zgarish kiritildi, balki kelajak chempionlarini yetishtiruvchi muhim maskanga asos solindi, – deydi 59-umumta’lim maktabi direktori Bahodir Mamatqulov. – Shu jihatdan ushbu loyihani sifatli ta’lim, sog‘lom muhit va barkamol avlod yo‘lidagi ulkan qadam deyish mumkin.

Bank tashabbusi bo‘yicha o‘quvchilar ham o‘z minnatdorchiligini yashirmaydi:

– Ilgari sport bilan shug‘ullanish uchun tuman markaziga borishga to‘g‘ri kelardi, lekin bunga imkoniyatim yo‘q edi, – deydi Qutlug‘nigor Xurramova. – Endi esa orzuim – chempion bo‘lish uchun maktabimda barcha shart-sharoit yaratildi.

– Kurash bilan shug‘ullanish istagim endi haqiqiy maqsadga aylandi, – deydi In’omjon Eshmirzayev. – Mashg‘ulotlarda faol bo‘lib, bank va ustozlarim xizmatini oqlagan holda, moxir kurashchi, xalq faxri bo‘lishni niyat qildim.

Jamiyatga xizmat – kelajakka sarmoya

O‘zsanoatqurilishbankning mazkur loyihasi – ijtimoiy mas’uliyat, yosh avlod taqdiriga befarq bo‘lmaslik va uzoqni ko‘zlab jalb qilingan muhim sarmoyadir. Ta’mirlangan binoda hayot qayta tiklandi, bolalar orzulariga yo‘l ochildi, ota-onalarda esa, umid va ishonch kuchaydi.

Bank tomonidan “og‘ir” mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday ishlarning har biri faqat infratuzilmaviy rivoj emas, balki ertangi kun poydevorini mustahkamlash, jamiyatni sog‘lomlashtirishga xizmat, demakdir.

Bank axborot xizmati

 





Другие новости

18.07.2025 18:53:23
Muloqot, yechim, qo‘llab-quvvatlash: Sariosiyoda amaliy uchrashuv

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ...

18.07.2025 15:37:41
Juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...

18.07.2025 14:21:34
“Euromoney” tomonidan SQB O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

Londondagi “Euromoney Awards for Excellence 2025” taqdirlash marosimida xalqaro ekspertlar Bankning keng ko’lamli transf ...


Дата последнего обновления: 13.06.2025 21:11  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo