Все Кредиты
2023-yilning 23-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Markaziy Osiyo va Turkiya mintaqaviy rahbari Alan Nunke boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida bankni transformatsiya qilish jarayonlariga alohida eʼtibor berilayotgani, bu esa, oʻz navbatida, bank reytingi va daromadi oshishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga Bankni xususiylashtirish jarayonlari, kredit portfeli sifati, bank koʻrsatkichlari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzsanoatqurilishbankda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli transformatsiya jarayonlarida XMK ekspertlari faol ishtirok etib kelmoqda.
https://www.youtube.com/shorts/79VOZDxlsKg?feature=share
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...