Tadbirkorlar ishtirokida Nukus sanoat zonasi loyihasi muhokama etildi
27.05.2022 10:20
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Nukus shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi loyihasi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida Oʻzsanoatqurilishbank hamda SQB «Capital» masʼullari tomonidan sanoat zonasidagi bino va inshootlarni qurish, loyihalarni joylashtirish, xomashyo zaxira bazasi, mahsulot ishlab chiqarishda ichki talabni oʻrganish, import oʻrnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan aniq tushuncha va koʻnikmalar berildi.
Bank Axborot xizmati
819
Другие новости