Yangiliklar

“Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda


22.06.2022

“Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi”ga navbatdagi mavsum uchun qabul boshlandi.
“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari oʻz malakalari va koʻnikmalarini oshirishlari mumkin.
Markazda 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 40 nafar tinglovchini qamrab olish imkoniyati mavjud. 
Mashgʻulotlar zamonaviy oʻquv dasturlari va yangi taʼlim metodlari asosida quyidagi 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi:
– Devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– issiqlik saqlovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– pol qoplamalari va toʻshamalar ishlab chiqarish texnologiyasi. 
72 soatga moʻljallangan kurslar chuqur malaka va koʻnikmaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan oʻtkaziladi. 
Buning uchun oʻquv markazi zarur taʼlim vositalari va oʻquv qurollari bilan taʼminlangan boʻlib, yetarli adabiyotlar fondi ham shakllantirilgan.
Oʻtgan mavsumlarda jami 100 nafarga yaqin tinglovchi oʻz bilim va malakalarini oshirib, maxsus sertifikatga ega boʻldi.
Hozirda “Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda.
Shoshiling! 
Oʻquv kurslari mutlaqo bepul!
Oʻquv markazida viloyatlardagi xohlovchilar uchun online tarzda bilim olish imkoniyati yaratildi.
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur koʻchasi 68-a uy. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.
Batafsil maʼlumotlar olish uchun +99894 5766900, +99833 5769595, +99871 2549201 telefon raqamlari, q.m.liti2017@mail.ru elektron почтаcи va tadbirkormaktab.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

  Bank Axborot xizmati




Другие новости

26.09.2023 10:08:16
Qurilish materiallari sanoatida xorijning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengash raisi Saxi Annaklichev bo ...

25.09.2023 19:14:38
“Tadbirkorlar maktabi” Farg`ona filialida 1-mavsumga start berildi

O`zsanoatqurilishbank ko`magida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi”ning Farg`ona filialida 1-mavsumga start berildi. ...

25.09.2023 13:03:19
Oʻzsanoatqurilishbank vakillari “Maxam-Chirchiq”da boʻlishdi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank masʼullari “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida boʻlib, korxona ...


Дата последнего обновления: 22.06.2022 17:18  
up