Yangiliklar

Til – jamiyat koʻzgusi


19.10.2022 16:38

Til – jamiyat koʻzgusi

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida maʼnaviy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Doʻstlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom taklif etildi.

Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Bank xodimlari ishtirokidagi tadbirda soʻz olganlar oʻzbek tili xalqimizning shu kungacha qoʻlga kiritgan yutuqlaridan eng zalvorlisi ekanligini taʼkidladi.

– Har bir xalq uchun oʻz tili aziz va muqaddas, – deydi tadbir mehmoni Shodmonqul Salom. – Biz uchun ham oʻzbek tili milliy mustaqilligimiz timsoli, jamiyat koʻzgusi va davlat ramzi sifatida istiqlol yillarida xalqimizni erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

Shuningdek, tadbirda oʻzbek tilining xalqaro minbarlarda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanilayotgani, xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tadbir soʻngida davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni ijrosi doirasida Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan lotin yozuviga asoslangan davlat tilida ish yuritish asoslari boʻyicha oʻqitilgan xodimlarga sertifikat taqdim etildi.

Bank Axborot xizmati

 

 





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 11.11.2022 16:40  
up