Yangiliklar

“Toshkent mexanika zavodi” AJ, “O‘zmilliybank” AJ, “Asaka” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning qo‘shma matbuot xabarnomasi


12.02.2020 15:06

Ayrim ommaviy axborot vositalarida Qirg‘iz Respublikasi hukumatining Issiqko‘ldagi to‘rtta sihatgohlarni xususiy investorlarga sotish niyatida ekanligi haqida xabar tarqaldi. E’tiborga molik jihati 2016-yilning aprel oyida mazkur sihatgohlar Qirg‘iz Respublikasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlaridan noqonuniy olib qo‘yilgan edi.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ “Rohat-NBU”, “Asaka” ATB “Dilorom”, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Bo‘ston”, “Toshkent mexanika zavodi” AJ esa “Zolotie Peski” sihatgohlariga egalik qilib, ularni boshqargan.

Shunga ko‘ra, mulkdor tashkilotlar Qirg‘iz Respublikasi hukumati tomonidan sihatgohlarning sotilishiga, ayniqsa, Qirg‘iz Respublikasi hukumati ushbu sihatgohlarni noqonuniy olib qo‘yishi munosabati bilan o‘zbek mulkdor tashkilotlari tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan arbitraj nizosi davom etayotgan sharoitda keskin qarshidirlar.

Mazkur arbitraj nizosi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi 2016-yil iyul oyida Investitsion nizolarni hal qilish xalqaro markazining (Vashington shahri, AQSh) Qo‘shimcha qoidalariga muvofiq, mulkdorlarning sihatgohlarga kiritgan investitsiyalarining noqonuniy olib qo‘yilganligi uchun tovon to‘lanishini nazarda tutuvchi 1996-yil 24-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi investitsiyalarni o‘zaro rag’batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim va Qirg‘iz Respublikasining 2003-yil 27-martdagi “Qirg‘iz Respublikasida investitsiyalar to‘g‘risida”gi 66-sonli qonuni buzilishi holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

2019-yil 1-mayda Arbitraj sudi o‘zbek mulkdor tashkilotlari foydasiga qaror chiqarib, o‘zining nizo bo‘yicha yurisdiksiyaga ega ekanligini tasdiqladi.

Hozirda arbitraj nizosini mazmunan ko‘rib chiqishga tayyorlash bosqichida turibdi.

O‘zbek mulkdor tashkilotlari 1965-yilgi “Davlatlar va ajnabiy shaxslar o‘rtasidagi investitsion nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi Vashington konventsiyasining 46-47-moddalariga muvofiq, Arbitraj tomonlardan birining talabi bilan nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida tomonlarning bitimiga va markazning vakolatiga taalluqli bo‘lsa, bevosita nizoning predmetiga aloqador qo‘shimcha yoki qarama-qarshi talablariga oid qaror chiqarashi mumkinligini, shuningdek, Arbitraj tomonlarga ularning har birining huquqini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rishni tavsiya qilishga haqli ekanligini eslatib o‘tadi.

Shu munosabat bilan, o‘zbek mulkdor tashkilotlari Qirg‘iz Respublikasi hukumati tomonidan sihatgohlarning sotilishiga keskin qarshiligini bildirib, Qirg‘iz Respublikasiga qarshi xalqaro arbitraj nizosi doirasidagi o‘zlarining sihatgohlarga kiritgan investitsiyalari noqonuniniy olib qo‘yilganligi haqidagi pozitsiyasida qolishda davom etadi va ushbu masalada huquqiy himoyaning barcha vositalaridan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 28.05.2020 10:20  
up