Yangiliklar

Toshkent shahrida O‘zsanoatqurilishbankning Bank xizmatlari markazi ochildi


12.03.2019 17:59

Toshkent shahrida O‘zsanoatqurilishbankning Bank xizmatlari markazi ochildi

Bugun, 2019-yil 12-mart kuni O‘zsanoatqurilishbank Chilonzor filiali qoshida Bank xizmatlari markazi ochildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada bank mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sonini, shuningdek, qulayligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank Chilonzor filiali qoshida tashkil etilgan Bank xizmatlari markazi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.


Markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, markazda mijozlar mutaxassislar maslahatini olish, hisob raqam ochish va kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Bank xizmatlari markazi 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan ta’minlangan. Bu yerda poytaxt aholisi hamda mehmonlari haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Markaz binosi xalqaro standartlar asosida ta’mirlanib, ilg‘or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlandi. Xodimlar malakasi O‘zsanoatqurilishbank tizimida ishlab chiqilgan “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari” asosida oshirildi.

Qayd etish joizki, tez kunda O‘zsanoatqurilishbank’ning Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro mintaqaviy filiallarida ham Bank xizmatlari markazlari ochilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yasharish va yangilanish fasli – Navro‘z ayyomi oldidan yurtdoshlarimiz uchun yana bir tuhfa bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Bank Axborot xizmati









Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up