Все Кредиты
Xorazm viloyatida Urganch davlat universiteti binosida “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Oʻquv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilgʻor arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.
Shuningdek, markaz faoliyati bolajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirish, ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga qaratilgan.
Eslatib otamiz, Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida”gi farmoniga muvofiq Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda 2021-yilda Toshkent shahrida “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi tashkil etilgan edi.
Markazning hududiy tarmoqlarini kengaytirish qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yaqinda Samarqandda, endi esa Xorazmda filiallari ish boshladi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...