Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan Jizzax viloyatida qator yirik investitsiya loyihalari moliyalashtirilmoqda


10.09.2018 17:11


Bank hududlar investitsion salohiyatini oshirishda faol “O‘zsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan Jizzax viloyatida qator yirik investitsiya loyihalari moliyalashtirilmoqda.

Xususan, “Jizzakh Petroleum” qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan yirik loyiha uchun muassasa tomonidan 300 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratilmoqda. Ushbu neftni qayta ishlash majmuasi nafaqat Jizzax viloyati, balki respublika miqyosida eng yirik loyihalar sirasiga kiradi. Uning ishga tushirilishi natijasida yiliga 5 mln. tonna neft mahsuloti ishlab chiqariladi. 

Bundan tashqari, “O‘zsanoatqurilishbank” moliyaviy ko‘magida “Paxtakor-teks” qo‘shma korxonasida yiliga 8,2 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaruvchi yangi majmua, metall mahsulotlari ishlab chiqarish va ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda. 
Bunday loyihalarni uzoq davom ettirish mumkin. Ular xususida yaqinda viloyatda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forumda bank rahbariyati tomonidan alohida taqdimot o‘tkazildi.

Unda qayd etilishicha, hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, investitsion  imkoniyatlarini oshirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Jizzax mintaqaviy filiali tomonidan muassasaning o‘z mablag‘lari bilan bir qatorda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xorijiy moliyaviy institutlar kredit liniyalari jalb etib kelinmoqda. 

Bank axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up