Все Кредиты
Joriy yilning 13-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Prezidentimiz raisligida 2021-yil 23-iyulda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xalq qabulxonalari va sayyor qabullar odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta ishonch uyg‘otgani ta’kidlangan edi.
Brifingda qayd etilganidek, tizim, shuningdek sohalar kesimida yechimini kutayotgan muammolarni tezkor hal qilishning samarali usuliga aylandi.
O‘tgan yil davomida O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan 40dan ortiq sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda ikki yuzga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
E’tiborlisi, yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida bildirilgan e’tiroz va takliflar tufayli tizimdagi qator yo‘nalishlar, jumladan, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatish, karta va kredit bizneslari hamda onlayn xizmatlarni yanada takomillashtirishga erishildi, yangi vazifalar belgilab olindi.
Umuman, 2023-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, bankka jismoniy va yuridik shaxslardan 970 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 345 tasi ijobiy hal etilgan, 540 tasi bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan tushuntirishlar berilgan va 85 tasi qonun normalariga zid bo‘lganligi sababli ko‘rmasdan qoldirilgan.
Hududlar kesimida asosiy murojaatlar Toshkent shahri aholisidan kelib tushgan bo‘lib, umumiy murojaatlarning 28,3 foizini tashkil etdi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Toshkent viloyati bo‘yicha 11,9 foiz, Surxondaryo viloyati misolida 6,6 foiz, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 5,8 foiz va Navoiy viloyati miqyosida 5,6 foizni tashkil qildi.
Murojaatlarning 244 tasida milliy valyutada kredit ajratish, 187 tasida kredit to‘lovi muddatlarini uzaytirish so‘ralgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalarda chakana biznes (136 ta murojaat) hamda ishga joylashish (53 ta) bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi.
Bundan tashqari, bugungi kunda Bankning bosh ofisidagi ishonch telefoniga kelib tushayotgan og‘zaki murojaatlarga ham tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda. Bu borada o‘tgan yilda 6400ga yaqin qo‘ng‘iroqlar orqali bildirilgan masalalar yechimi tegishli tuzilmalar tomonidan hal etildi.
Brifingda aholi murojaatlari tizimi nafaqat xalq manfaatiga xizmat qilayotgani, balki bank rivojiga ham munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. Shu bois tizimga doir tartib-intizomga qat’iy amal qilish muassasaning hududiy tuzilmalarida, aynan mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarida alohida nazoratga olingani aytib o‘tildi.
Hisobot sanasida bank hududiy tarmoqlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ishlash sohasidagi 5 ta holat bo‘yicha kamchilik aniqlangan. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan 3 nafar mas’ul xodimga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi va 2 nafar xodimga o‘rtacha oylik ish haqidan jarima jazosi qo‘llanilgan.
Tizimda shu kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Bank bosh ofisidagi tarkibiy tuzilmalar hamda mintaqaviy tarmoqlarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimiga qat’iy rioya qilinishi va bu borada javobgarlik shaxsan rahbarlar zimmasida bo‘lishi qayta ogohlantirilgan.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...