Yangiliklar

Xorazmda O‘zsanoatqurilishbankning yana bir zamonaviy bank xizmatlari markazi ochildi


01.07.2024 15:30

Xorazmda O‘zsanoatqurilishbankning yana bir zamonaviy bank xizmatlari markazi ochildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Xiva shahrida zamonaviy bank xizmatlari markazi ishga tushirildi. Yangi bank tarmog‘i shahar ahli va tadbirkorlar bilan bir qatorda sayyohlar uchun ham har tomonlama qulaylik yaratadigan bo‘ldi.

Prezidentimizning 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida xalqimizning og‘irini yengil qilish, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va ularning xarajatlarini tejash maqsadida qator vazifalar belgilandi.

Farmon ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank tizimida aholi va tadbirkorlar uchun servis sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ochilish marosimida so‘z olganlar arxitektura-qurilish va jihozlash sohasida ilg‘or xorijiy uslublarda barpo etilgan bank xizmatlari markazi turizm shahri bo‘lgan Xivada xizmatlar sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qayd etish joiz, xizmat ko‘rsatishda ixcham tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish transformatsiya mahsuli sanaladi. So‘nggi yillarda bank tizimida amalga oshirilgan ushbu jarayonlar aholi va tadbirkorlarga tengsiz sharoitlar yaratdi.

Xizmat ko‘rsatish ilg‘or texnologiyalar hisobiga soddalashtirildi, yangi bank mahsulotlari hamda ularning onlayn muqobili joriy qilindi, har qadamda kechayu kunduz ishlovchi shoxobchalar tashkil etildi, mijozbay ishlash tizimiga o‘tildi.

Bankning Xivadagi yangi tarmog‘i geografik jihatdan qulay joyda joylashgan. Atrofida turli tashkilot va idoralar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari mavjud.

Shu bois u yerga bankning viloyatdagi boshqa bank xizmatlari markazlariga nisbatan mijozlar ko‘p tashrif buyuradi. Xususan, o‘nga yaqin universal va servis xodimlar kuniga 250-300 nafar mijozga xizmat ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich sayyohlik mavsumida yanada oshishi ma’lum qilindi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 01.07.2024 15:32  
up