Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024”: Jizzax yoshlarni chorlaydi


16.05.2024 11:10

Joriy yilning 18-may kuni Jizzax shahrida O‘zsanoatqurilishbank, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Jizzax politexnika instituti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024” talabalar III xalqaro anjumani o‘tkaziladi.

O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, korxonalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va loyihalarni moliyalashtirishga mas’ul muassasa sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bank tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida arxitektura, qurilish va qurilish materiallari sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari uchun “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024” xalqaro anjuman tashkil etilmoqda.

Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘rik tanlovi shaklida tashkil qilinib, unda, shuningdek, xorijiy turdosh universitetlardan ham yosh olimlar ishtirok etadi.

Bundan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqarish korxonalari hamda soha olimlari o‘rtasida yaqin aloqa o‘rnatib, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan.

Tadbir dasturidan arxitektura va qurilish sohasida kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullari, mehnat muhofazasi va iqtisodiy muammolar, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, energiya samarador binolarni loyihalashda arxitekturaviy yechimlar va ularnig ekologik-texnik me’yorlari, bino-inshootlar hamda sun’iy yo‘l muhandisligi obyektlari qurilishida eng yaxshi konstruksiyaviy yechimlar, loyiha va texnologiyalar kabi ko‘plab mavzularda ma’ruzali chiqishlar o‘rin olgan.

Anjumanning amaliy qismida ishtirokchilar “Knauf” vа “Basalt Uzbekistan” singari yirik korxonalar xom ashyo va mahsulotlaridan foydalanib zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadi.

Ta’kidlash kerakki, anjumanga qabul qilingan ilmiy tezislar to‘plam shaklida chop etiladi. Unda e’lon qilingan ilmiy ishlarning barchasiga sertifikat taqdim etilib, “Google Scholar” bazasida indekslanadi.

Muxtasar aytganda, Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024” xalqaro anjumani arxitektura, qurilish va qurilish materiallari sohasida ilm olayotgan va ilmiy-tatqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan talabalar hamda yosh olimlar uchun katta imkoniyat eshigini ochadi.

Anjumanga barcha yoshlarni taklif qilamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 72-226-40-55, 91-591-42-41, 91-564 82 85, 91-395 14 14.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 16.05.2024 11:11  
up