Все Кредиты
Toshkent viloyati Toshkent tumani “Choshtepa” QFY hududida O’zsanoatqurilishbankning moliyaviy ko’magida “American Hospital” – yurak va bosh miya qon-tomir kasalliklariga ixtisoslashgan zamonaviy xususiy klinika ishga tushirildi.
Shifoxonaga 1,5 million dollar hajmida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiya kiritilib, ushbu mablag’lar AQShdan eng so’nggi rusumdagi tibbiyot uskunalarini olib kelishga yo’naltirildi.
Klinikaga ishga jalb qilingan yuzdan ziyod tibbiyot xodimlari orasida esa xorijda yashab, professional faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz, shuningdek, chet ellik mutaxassislarning ham mavjudligi alohida ahamiyatga molikdir.
Zamonaviy uslubda tashhislash hamda statsionar davolash bo’yicha barcha sharoitlarga ega mazkur shifoxonada hozircha 55 nafar bemorning yotib davolanish imkoni mavjud.
– Davlatimiz rahbarining “Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda xorijiy investorlarni qo’llab-quvvatlash borasida olib borayotgan islohotlari zamonaviy klinikalar doirasini kengaytirishga keng yo’l ochmoqda, – deydi qo’shma korxona ta’sischisi Nodir Yodgorov. – Shifoxonamiz ham mazkur qarorda belgilanganidek, O’zsanoatqurilishbank krediti hamda turkiyalik investorlarning to’g’ridan-to’g’ri jalb qilgan sarmoyalari hisobiga ishga tushirildi. Turli soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlarga ega bo’ldi.
Zamonaviy klinikadagi barcha jihozlar dunyoning nufuzli kompaniyalarida ishlab chiqarilgan texnologik uskunalardir. Kelgusida u yerga xorijiy investorlar tomonidan yana 1 million dollar investisiya kiritish mo’ljallangan. Bu yurak qon-tomir kasalliklari bo’yicha jarrohlik amaliyotlarining yanada murakkab turlarini o’tkazishga imkoniyat yaratadi.
– Mamlakatingizda Prezident Sh.Mirziyoev boshchiligida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar mana shunday yirik loyihalarning hayotga tatbiq etilishiga omil bo’lmoqda, – deydi hindistonlik shifokor Rahul Kumar Dinak. – Ayniqsa, xususiy tibbiyot muassasalarida ishlash uchun jalb etilayotgan xorijiy shifokorlar hamda texnik mutaxassislar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari bo’yicha ko’zda tutligan imtiyozlar men qatori ko’pchilik chet ellik mutaxassislar qiziqishini tortmoqda.
Yuqoridagi ishlar shifoxona faoliyati bilan bog’liq loyihaning dastlabki bosqichida amalga oshirildi. Navbatda onkologiya va neyroxirurgiya markazini barpo etilib, yana bir yirik tibbiy majmua faoliyatiga asos solinishi ko’zda tutilgan.
Albatta, buning uchun yurtimizda ham huquqiy, ham moddiy, ham kadrlar masalasida imkoniyatlar yetarli. Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasiga berilayotgan jiddiy e’tibor esa har qanday murakkabliklarni yengishga yo’l ochmoqda.
Asosiysi, bundan keyin har qanday og’ir kasalliklar bo’yicha hamyurtlarimizning boshqa davlatlarga borib, sarson-sargardon bo’lishiga, ortiqcha moddiy va ma’naviy yo’qotishlarga yuz tutishiga zarurat qolmaydi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...