Все Кредиты
"O‘zsanoatqurilishbank" ATB (keyingi o‘rinlarda – "Bank") “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘p qavatli binosini (keyingi o‘rinlarda – "Aktiv" / “Biznes markaz”) ommaviy savdolar orqali sotilishi to‘g‘risida e’lon qiladi.
Ushbu bitimga KPMG kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – “KPMG”) sotish jarayonini tashkil etish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qilingan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – “Davaktiv agentligi”) mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda Bank va KPMG xarakatlarini muvofiqlashtiradi.
Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, investorlar tomonidan mazkur aktivni sotib olishga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganiladi. Bozordagi ushbu Biznes markazni sotib olishga bo‘lgan qiziqishini o‘rganish investorlar bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Investorlarning mazkur Biznes markazni sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli (shu jumladan binoni to‘liq sotib olish yoki lotlarga bo‘lgan xolda sotib olish) bo‘yicha fikrlarini o‘rganilish natijasida ko‘ra sotish yondashuvi (mexanizmi) va shartlari shakllantiriladi.
Ushbu biznes markazlarni sotib olishga qiziqishi bo‘lgan investorlar quyidagi kanallar orqali batafsil ma’lumotlarni olishlari mumkin:
Aktiv to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ko‘p qavatli binosi
Ob’ekt manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 3а-uy
Balans saqlovchi: O‘zsanoatqurilishbank;
Umumiy maydoni: 82,284 m2;
Qavatlarning umumiy soni: 33.
Diskleymer
Davaktiv agentligi va Bank sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Ushbu e’lon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo‘lgan Davaktiv agentligi, Bank va "KPMG" kompaniyasining Aktivni sotish bilan bog‘liq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi, Bank va "KPMG" o‘z xohishiga ko‘ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga olmasdan:
(i) arizalar berish muddatiga o‘zgartirish kiritish;
(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Bank va "KPMG" kompaniyasi tomonidan ko‘zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish;
(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.