Yangiliklar

Yil eʼtirofi: “Oʻzsanoatqurilishbank” – 2020 yilda xalq ishonchini qozongan bank


08.01.2021

Yil eʼtirofi: “Oʻzsanoatqurilishbank” – 2020 yilda xalq ishonchini qozongan bank

Bugun, 2021 yil 8 yanvar kuni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) tomonidan oʻtkazilgan “Yil tanlovi-2020”da “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB “2020 yilda xalq ishonchini qozongan bank tizimi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Tanlovni oʻtkazishda ayni paytda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalqning kundalik turmushida koʻp bora duch keladigan, jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilayotgan tizimlar saralab olingan.

“Tanlovda yurtimizning moliya muassasalari uchun ham alohida yoʻnalishlar va oʻrin ajratilgan. Zero, hududlar rivojini albatta banklarsiz tasavvur etib boʻlmaydi”, deyiladi OʻzA xabarida.

Tanlovda yilning eng ilgʻor va shaffof banklari aniqlanar ekan, “Oʻzsanoatqurilishbank” 2020 yilda xalq ishonchini qozongan bank, deya eʼtirof etildi.

Mazkur yutuq respublikamizning turli hududlarida aholi uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan Bank jamoasi uchun ham katta ragʻbat, ham kuch berishi bilan ahamiyatlidir.

Bizga ishonch bildirgan xalqimizga, aziz mijozlarimiz va hamkorlarimizga oʻz minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Bank Axborot xizmati





Другие новости


Дата последнего обновления: 08.01.2021 17:10  
up