1. Ustav fondi taʼsischilar tomonidan toʻliq shakllantirilgan boʻlishi ( Qarz oluvchining “Mikro” kredit mahsuloti doirasida ajratilishi soʻralayotgan va/yoki kredit qoldigʻi miqdori 100 000,0 AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan holatlarda);
2. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan boʻlishi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
3. Oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligi koʻrsatkichlari ijobiy boʻlishi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
4. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha muddati oʻtgan kredit qarzdorligi boʻlmasligi;
5. Oʻzaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati oʻtgan kredit qarzdorliklari mavjud boʻlmasligi;
6. 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
7. KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda oʻzaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud boʻlmasligi;
8. Kreditlar boʻyicha ohirgi 60 oy ichida: - 30+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 20 tadan koʻp boʻlmasligi; - 60+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 3 tadan koʻp boʻlmasiligi; - 90+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklarga umuman yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi;
9. Oxirgi 12 oy ichida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga oʻtgan kredit boʻyicha toʻlovlar (asosiy karz va/yoki foiz) 3-martadan koʻp boʻlmasligi;
10. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik boʻyicha oraliq hamda yakuniy toʻlov muddatini uzaytirish holatlari 3 tadan koʻp boʻlmasligi;
11. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kreditga hisoblangan foiz qarzdorligi boʻyicha toʻlov muddatini uzaytirish holatlari 2 tadan koʻp boʻlmasligi;
12. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik boʻyicha shartlari qayta koʻrib chiqilgan hisobvaraqlarida qoldiq mavjud boʻlmasligi;
13. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlar boʻyicha muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari qoldigʻi mavjud boʻlmasligi;
14. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud boʻlmasligi;
15. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi lozim. Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish boʻlimining maqsadli ishlatilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda, kreditlar boʻyicha maqsadli ishlatilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, qarz oluvchi yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablagʻlarini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim boʻlmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar boʻyicha ushbu shart qoʻllanilmaydi;
16. Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻ boʻlmasligi lozim;
17. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari boʻyicha iqtisodiy sudda daʼvo arizalari mavjud boʻlgan va daʼvo arizasi qisman yoki toʻliq qanoatlantirilgan taqdirda soʻrovnoma koʻrib chiqilib rad etilishi mumkin;