«QISHLOQ XOʻJALIGI»

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish / UZS, USD, EUR

Kredit liniyalari shartlariga asosan
Kreditning maksimal miqdori
7 yilgacha
Kredit muddati - investitsion loyihalarni moliyalashtirish
18 oygacha
Kredit muddati - aylanma mablagʻlarni toʻldirish
Kelishuv bo'yicha
Xorijiy valutada

Avtotransport (ishlab chiqarilgan yildan 3 yildan ortiq emas)
Ko'chmas mulk
Uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 1 yildan ortiq emas)
Kafillik
Maxsus uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 2 yil ko'p emas)

Kreditlashning asosiy shartlari

1

Kredit maqsadi

- yangi qishloq xoʻjaligi mahsus texnikalari
va (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta
ishlashga moʻljallangan) asbob-uskunalar,
chorva mollari (naslli qoramol, qoʻy-echkilar,
asalari, quyon, parranda) sotib olish uchun;
- aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun

2

Kredit valyutasi

AQSH dollari.

3

Kreditlash riskining yuqori miqdori

Kredit maqsadidan kelib chiqib, liniya
shartlariga muvofiq

4

Kredit muddati

- investitsion loyihalarni moliyalashtirish
uchun 7 yilgacha;
- aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun
18 oygacha.

5

Soʻralayotgan kreditning asosiy
qarzi boʻyicha imtiyozli davr

- Investitsion loyihalarni moliyalashtirish
uchun 2 yildan koʻp boʻlmagan;
- Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun
6 oy dan koʻp boʻlmagan.

6

Asosiy qarz va foiz toʻlovlari
toʻlash davri

Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr
tugagandan soʻng har 6 oyda;
Foiz toʻlovi - har 6 oyda

7

Kredit foiz miqdori
Liniya mablagʻlari bank hisobraqamiga
kelib tushgunga qadar, bankning oʻz
mablagʻlari hisobidan (keyinchalik,
kreditni tegishli liniya mablagʻlari
hisobidan qoplash sharti nazarda
tutilgan hollarda)
kredit ajratilgan
taqdirda

Liniya shartlariga muvofiq (Bunda bank
marjasi 3% dan kam boʻlmagan miqdorda
boʻlishi shart)
Bankning amaldagi kreditlash, lizing va
faktoring operatsiyalari uchun beliglangan
tariflarga muvofiq

8

Kredit foiz stavkasi turi

Oʻzgaruvchan

Kreditlashnig qoʻshimcha shartlari

10

Korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 6 oydan oshgan
korxonalar

11

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida
ochgan hisobvaragʻi

Asosiy hisobraqami boʻlishi

12

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot

Ijobiy (asosiy faoliyatidan tushumning

(2-son shakl) boʻyicha foyda
mavjudligi

mavjud boʻlmasligi ham mumkin)

13

Qoplash koeffitsiyenti*

1 dan kam boʻlmagan xolda

14

Likvidlilik koeffitsiyenti*

0,5 dan kam boʻlmagan xolda

15

Mustaqillik koeffitsiyenti*

30% dan kam boʻlmagan xolda

16

Oʻz mablagʻlari mavjudligi (NSOS)

Ijobiy

17

Qarzdorning loyihadagi
ulushi

30% dan kam boʻlmagan holda

18

Kredit yuklamasi koʻrsatkichi*

1. Kredit muddati 37 oygacha –
300% dan koʻp boʻlmagan holda
2. Kredit muddati 37 oydan oshgan xolda
– 400% dan koʻp boʻlmagan holda

19

Kredit va unga tenglashtirilgan
operatsiyalar boʻyicha joriy
qarzdorlik holati

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi

20

Joriy kreditlar boʻyicha soʻnggi
12 oy davomida asosiy qarzning
oydan-oyga muddati oʻtganlik
holatlari soni

2 tadan koʻp boʻlmagan holatda

21

Jami kredit taʼminoti

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan
miqdorda, jumladan:

22

Qabul qilinadigan mulkiy garov
turlari va ushbu garov boʻyicha
qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk – har qanday;
Avtotransport vositalari – ishlab
chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3
yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga
2 yildan oshmagan;

23

Dastlabki mulkiy garov
Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari
va yangi asbob-uskunalar sotib olish uchun
Chorva mollari (naslli qoramol,
qoʻy-echkilar, asalari, quyon, parranda), ular
uchun oziq-ovqat va veterinariya
vositalari sotib olish uchun

Kredit summasining 65%dan kam boʻlmagan
miqdorda (keyinchalik, kredit hisobiga sotib
olinishi rejalashtirilgan uskunalar
garovi)
;
Kredit summasining 125%dan kam boʻlmagan
miqdorda.

24

Nomulkiy taʼminot

Kafillik va/yoki sugʻurta polisi va/yoki boshka
turdagi taʼminot;

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

25

Kafil korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 1 yildan oshgan
korxonalar

26

Kafillik summasi

Kafil korxona sof aktivlarining
1,5 barobaridan oshmagan miqdorda;

*Izoh: Agarda qarz oluvchi korxona moliyaviy holati yuqoridagi jadvalning 13, 14, 15 va
18 - bandlarida belgilangan koʻrsatkichlarning kamida 1 tasiga javob bermagan hollarda, kredit
qaytarmaslik xatarini oldini olish maqsadida, 25 va 26 bandlar talabiga kushimcha tarzda,
kredit summasiga mos ravishda, yuridik shaxs kafilligi olinishi lozim va ushbu kafil mazkur
13, 14, 15 va 18 - bandlarda keltirilgan koʻrsatkichlar meʼyorlarini bajarishi lozim.

Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
Kredit kafili uchun zarur hujjatlari
Mulk garovini ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur hujjatlar

  • 1. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisoboti (2-son shakl);

  • 2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi;

  • 3. Biznes reja;

  • 4. Qarz oluvchi korxona faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi xujjat (litsenziya) nusxasi (agar mazkur faoliyat turiga maxsus litsenziya talab qilingan hollarda);

  • 5. Qarz oluvchi korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlari buyicha 12 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mlrd.soʻmdan yuqori boʻlsa);

  • 6. Mahsulot yetkazib berish boʻyicha import shartnoma nusxasi (xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar buyicha talab etiladi);

  • 7. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mlrd.soʻmdan yuqori boʻlsa).

Qoʻshimcha xujjatlar:

  • 1. Yer ajratish va qurilish boʻyicha tuman/viloyat xokimi qarori va boshqa tegishli xujjatlar (loyixani moliyalashtirish va qurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • 2. Texnik iqtisodiy asosnoma (korxonaning loyihani amalga oshirishda oʻz ulushi bilan qatnashishi hamda iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari hisob kitoblari koʻrsatilishi lozim) (loyixani moliyalashtirish va qurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • 3. Import shartnomalarga asosan xarid kilinayotgan asosiy vositalar xarid narxlari jaxon bozori konyukturasiga muvofikligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan xalqaro konsalting tashkilotlarining ijobiy xulosasi (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • 4. Loyiha amalga oshirilayotgan manzilni tasdiqlovchi xujjat (ijara shartnomasi va/yoki kadastr xujjatlari) (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • 5. Maxsulot eksporti boʻyicha imzolangan shartnoma nusxasi (eksport oldi moliyalashtirish boʻyicha);

  • 6. Loyihaning atrof-muhitga taʼsir yuzasidan ariza loyihasi (ZVOS), Ekologiya  va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim qilingan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning atrof-muhitga taʼsiri yuzasidan ijobiy xulosasi (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • 7. Loyihaning atrof-muhitga taʼsiri yuzasidan amalga oshirilgan dastlabki monitoring dalolatnomasi (ekologik skrining bank menedjeri va qarz oluvchi bilan birgalikda tuldiriladi tomonidan) (Agro sanoat majmui va ozik ovkat taʼminoti soxasidagi loyixalarni amalga oshirish Agentligi asosida moliyalashtiriladigan loyixalar boʻyicha);

  • 8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining loyihani amalga oshirish yuzasidan ijobiy xulosalari (PQ-4512-sonli Qarorga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida chorvachilik yoʻnalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar uchun). – (Osiyo tarrakiyot Banki kredit liniyasi xisobidan moliyalashtiriladigan loyixalar boʻyicha);

  • 9. Pudrat ishlari uchun shartnoma (qurilish bilan bogʻliq loyixalar boʻyicha);

  • 10. Injenerlik kommunikatsiyalarga ulanishga ruxsat olinganlik yuzasidan texnik shartlar (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • 11. Loyixa smeta xujjatlari va uning ekspertizasi (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha); 

  • 12. Hududiy Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish – montaj ishlarini bajarishga beriladigan ruxsatnomasi (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • 13. Qurilish-montaj ishlarini bajarish va moliyalashtirish jadvali (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • 14. Qurilish obyektining oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan  manzilli va titul roʻyxati (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • 15. Qurilish obyektida bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma hisob-faktura (5-shakl bilan birga) (kredit olish vaqtida qurilish ishlari qisman bajarilgan boʻlsa) (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha)

  • Korxona taʼsis hujjatlari (agar kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha ijobiy qarori;
  • Taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot  (2-son shakl);
  • Kafil korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlarining oxirgi bir yil aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafil korxona nomidan, kafillik shartnomasini imzolash vakolatiga ega boʻlgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 
  • Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilgan taqdirda taqdim etiladi);
  • Hisobot davrining moliyaviy natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi.
  • Garov obyekti boʻyicha mustaqil baxolovchi tashkilot hisoboti;

  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);

  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa).


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.04.2021 14:41

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.