«AGRO-OTB»

Yangi qishloq xoʻjaligi texnologiyalari va asbob-uskunalar sotib olish, chorva mollari / UZS

5 mln. AQSH dollari soʻmdagi miqdorigacha
Kreditning maksimal miqdori
Kelishuv bo'yicha
Milliy valyutada

Avtotransport (ishlab chiqarilgan yildan 3 yildan ortiq emas)
Ko'chmas mulk
Uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 2 yildan ortiq emas)
Kafillik
Maxsus uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 3 yil ko'p emas)

Mahsulotning umumiy limiti

10,0 mln.AQSH dollari

Kreditlashning asosiy shartlari

1

Kredit maqsadi

- yangi qishloq xoʻjaligi texnologiyalari va
asbob-uskunalar sotib olish;
- chorva mollari (naslli qoramol, qoʻy
echkilar, asalari, quyon, parranda) sotib
olish.

2

Kredit valyutasi

milliy valyuta (soʻm)

3

Kreditlash riskining yuqori miqdori

Kredit ajratish sanasida 5,0 mln.AQSH
dollarining soʻmdagi ekvivalenti
miqdorigacha

4

Kredit muddati
Uskunalar, maxsus texnikalar va chorva
mollari (
sut yoʻnalishi boʻyicha ) sotib
olish uchun
Parrandalar
(tuxum yoʻnalishi)
sotib olish uchun
Chorva mollari
(goʻsht yoʻnalishi) ,
shuningdek, ular uchun oziq-ovqat va
veterinariya vositalari sotib olish
uchun

5 yil gacha
3 yil gacha
18 oy gacha

5

Soʻralayotgan kreditning asosiy qarzi
boʻyicha imtiyozli davr
Uskunalar, maxsus texnikalar va chorva
mollari
(sut yoʻnalishi boʻyicha) sotib
olish uchun
Parrandalar
(tuxum yoʻnalishi)
sotib olish uchun
Chorva mollari
(goʻsht yoʻnalishi) ,
shuningdek, ular uchun oziq-ovqat va
veterinariya vositalari sotib olish
uchun

18 oygacha
12 oygacha
6 oygacha

6

Asosiy qarz va foiz toʻlovlari toʻlash
davri

Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr
tugagandan soʻng har 6 oyda
Foiz toʻlovi - har 6 oyda

7

Moliyalashtirish manbasi

Osiyo Taraqqiyot banki kredit liniyasi

8

Kredit foiz miqdori

Markaziy bankning amaldagi asosiy
stavkasi + 3% dan kam boʻlmagan miqdorda

Kredit foiz stavkasi turi

Oʻzgaruvchan

Kreditlashnig qoʻshimcha shartlari

9

Korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 1 yildan oshgan
korxonalar

10

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida
ochgan hisobvaragʻi

Asosiy hisobraqami boʻlishi

11

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida
xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda
mavjudligi

Ijobiy (asosiy faoliyatidan tushumning
mavjud boʻlmasligi ham mumkin)

12

Qoplash koeffitsiyenti*

1 dan kam boʻlmagan xolda

13

Likvidlilik koeffitsiyenti*

0,5 dan kam boʻlmagan xolda

14

Mustaqillik koeffitsiyenti*

30% dan kam boʻlmagan xolda

15

Aylanma mablagʻlarning
aylanuvchanligi koeffitsiyenti
(kunda)*

180 kundan oshmagan holda

16

Sotish rentabelligi*

10% dan kam boʻlmagan holda

17

Oʻz mablagʻlari mavjudligi (NSOS)

Ijobiy

18

Qarzdorning loyihadagi
ulushi

30% dan kam boʻlmagan holda

19

Kredit yuklamasi koʻrsatkichi*

1. Kredit muddati 37 oygacha –
150% dan koʻp boʻlmagan holda
2. Kredit muddati 37 oydan oshgan
xolda – 200% dan koʻp boʻlmagan holda

20

Kredit va unga tenglashtirilgan
operatsiyalar boʻyicha joriy qarzdorlik
holati

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi

21

EBIT yuklamasi*

5 dan koʻp boʻlmagan miqdorda

22

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarz boʻyicha
oydan oyga muddati oʻtgan qarzdorlik
holatlar soni
(OʻzSQB tizimida)

2 tadan koʻp boʻlmagan holatda

23

Jami kredit taʼminoti

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan
miqdorda
(Aloqador shaxslar uchun 130%);

24

Qabul qilinadigan mulkiy garov
turlari va ushbu garov boʻyicha
qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk – har qanday;
Avtotransport vositalari – ishlab
chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga
3 yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga
2 yildan oshmagan;

25

Dastlabki mulkiy garov
Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari
va yangi asbob-uskunalar sotib olish uchun
Chorva mollari (naslli qoramol,
qoʻy-echkilar, asalari, quyon, parranda),
ular uchun oziq-ovqat va veterinariya
vositalari sotib olish uchun

Kredit summasining 65%dan kam boʻlmagan
miqdorda (keyinchalik, kredit hisobiga
sotib olinishi rejalashtirilgan uskunalar
garovi)
;
Kredit summasining 125%dan kam boʻlmagan
miqdorda.

26

Nomulkiy taʼminot

Kafillik va/yoki sugʻurta polisi va/yoki
boshka turdagi taʼminot;

27

Qoʻshimcha shartlar

Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari,
uskunalar, infratuzilma, texnika va boshqa
tovarlar, chorva mollari, ishlab chiqarish
vositalarini faqatgina OTBga aʼzo
mamlakatlardan sotib olish.

Chorva mollari importiga kredit
summasining koʻpi bilan 50 foizi
miqdorini yoʻnaltirish (PQ-4512-sonli
Qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston
Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq,
Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida
amalga oshirilishi rejalashtirilgan, OʻzR
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
kengashi xulosalari asosida
moliyalashtiriladigan chorvachilik
loyihalari bundan mustasno).

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

28

Kafil korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 1 yildan oshgan
korxonalar

29

Kafillik summasi

Kafil korxona sof aktivlarining
1,5 barobaridan oshmagan miqdorda

*Izoh: Agarda qarz oluvchi korxona moliyaviy holati yuqoridagi jadvalning 12, 13, 14, 15,
16 va 19 - bandlarida belgilangan koʻrsatkichlarning kamida 1 tasiga javob bermagan hollarda,
kredit qaytarmaslik xatarini oldini olish maqsadida, 28 va 29 bandlar talabiga kushimcha
tarzda, kredit summasiga mos ravishda, yuridik shaxs kafilligi olinishi lozim va ushbu kafil
mazkur 92, 13, 14, 15, 16 va 19- bandlarda keltirilgan koʻrsatkichlar meʼyorlarini bajarishi
lozim.

Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
Kredit kafili uchun zarur hujjatlari
Mulk garovini ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur hujjatlar
  • Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisoboti (2-son shakl);

  • Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi;

  • Biznes reja;

  • Qarz oluvchi korxona faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi xujjat (litsenziya) nusxasi (agar mazkur faoliyat turiga maxsus litsenziya talab qilingan hollarda);

  • Qarz oluvchi korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlari buyicha 12 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mlrd.soʻmdan yuqori boʻlsa);

  • Mahsulot yetkazib berish boʻyicha import shartnoma nusxasi (xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar buyicha talab etiladi);

  • Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mlrd.soʻmdan yuqori boʻlsa);

Qoʻshimcha xujjatlar:

  • Yer ajratish va qurilish boʻyicha tuman/viloyat xokimi qarori va boshqa tegishli xujjatlar (loyixani moliyalashtirish va qurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • Texnik iqtisodiy asosnoma (korxonaning loyihani amalga oshirishda oʻz ulushi bilan qatnashishi hamda iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari hisob kitoblari koʻrsatilishi lozim) (loyixani moliyalashtirish va qurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • Import shartnomalarga asosan xarid kilinayotgan asosiy vositalar xarid narxlari jaxon bozori konyukturasiga muvofikligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan xalqaro konsalting tashkilotlarining ijobiy xulosasi (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • Loyiha amalga oshirilayotgan manzilni tasdiqlovchi xujjat (ijara shartnomasi va/yoki kadastr xujjatlari) (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • Maxsulot eksporti boʻyicha imzolangan shartnoma nusxasi (eksport oldi moliyalashtirish boʻyicha);

  • Loyihaning atrof-muhitga taʼsir yuzasidan ariza loyihasi (ZVOS), Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim qilingan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning atrof-muhitga taʼsiri yuzasidan ijobiy xulosasi (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • Loyihaning atrof-muhitga taʼsiri yuzasidan amalga oshirilgan dastlabki monitoring dalolatnomasi (ekologik skrining bank menedjeri va qarz oluvchi bilan birgalikda tuldiriladi tomonidan) (Agro sanoat majmui va ozik ovkat taʼminoti soxasidagi loyixalarni amalga oshirish Agentligi asosida moliyalashtiriladigan loyixalar boʻyicha);

  • Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining loyihani amalga oshirish yuzasidan ijobiy xulosalari (PQ-4512-sonli Qarorga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida chorvachilik yoʻnalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar uchun). – (Osiyo tarrakiyot Banki kredit liniyasi xisobidan moliyalashtiriladigan loyixalar boʻyicha);

  • Pudrat ishlari uchun shartnoma (qurilish bilan bogʻliq loyixalar boʻyicha);

  • Injenerlik kommunikatsiyalarga ulanishga ruxsat olinganlik yuzasidan texnik shartlar (loyixani moliyalashtirish boʻyicha);

  • Loyixa smeta xujjatlari va uning ekspertizasi (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • Hududiy Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish – montaj ishlarini bajarishga beriladigan ruxsatnomasi (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • Qurilish-montaj ishlarini bajarish va moliyalashtirish jadvali (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • Qurilish obyektining oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan manzilli va titul roʻyxati (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha);

  • Qurilish obyektida bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma hisob-faktura (5-shakl bilan birga) (kredit olish vaqtida qurilish ishlari qisman bajarilgan boʻlsa) (loyixani moliyalashtirish va kurilish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha).

  • Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha roziligi;

  • Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda takdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisoboti (2-son shakl);

  • Kafil korxonaning taʼsis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);

  • Hisobot davri moliyaviy natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi.

  • Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);

  • Kafil korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlari buyicha oxirgi 12 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa).

  • Garov obyekti boʻyicha mustaqil baxolovchi tashkilot hisoboti;

  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);

  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa).


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.03.2021 12:23

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.