IMKONIYAT krediti

biznesning har qanday maqsad va ehtiyojlarini qondirish uchun kredit

IMKONIYAT krediti
Kredit haqida

300 000 USD ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

36 oygacha

Kredit muddati

3 oygacha

Imtiyozli davr

UZS, EUR, USD

Kredit valyutasi

13 % dan

Kredit stavkasi xorijiy valyutada

26,99 % dan

Kredit stavkasi milliy valyutada

Kredit olish oson!

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlari
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Kredit asosiy shartlari

Maqsadi:

har qanday maqsad uchun

Valyuta:

- milliy valyuta (so‘m)

- xorijiy valyuta (AQSh doll., yevro)

Muddati:

36 oygacha

Muddati:

- bank o‘z mablag‘lari – 3 oygacha

- jalb qilingan mablag‘lar – jalb qilingan mablag’lar shartlariga asosan

Foiz stavkasi :

- bank o’z mablag’laridan:

milliy valyutada – 26,99 % dan 28,99 % gacha
Xorijiy valyutada – 13 % dan 15 % gacha

- jalb qilingan mablag’lar dan:
jalb qilingan mablag’lar shartlariga asosan

Miqdori:

300 000 USD ekvivalentigacha

Mahsulot bo‘yicha ta’minot:

kredit summasining 125 % dan kam bo‘lmagan miqdorda likvidli mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti (aloqador shaxslar uchun 130 %)

Mulkiy garov :

- bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar (parrandachilik va issiqxona komplekslari garovga qabul qilinmaydi)
- avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi)
- pul mablag‘lari


Основные требования

1.  Ustav fondi to’liq shakllantirilgan bo’lishi (60 000,0 AQSh dollari miqdorigagcha bo‘lgan kreditlar va/yoki qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno);

2.  Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) ijobiy  yakunlangan bo‘lishi;*

3.  O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi;* 

4.  Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

5.  O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;  

6.  2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

7.  KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

8.  Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:

-  30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

-  60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

-  90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;

-  sud jarayonidagi (судебных) kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

-  balansdan tashqari (списанных, задерживает списанный ПКНТ) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

-  kechiktirilgan to’lovlar keyingi oyga o’tishi (oydan oyga o’tishi) 20 tadan ko’p bo’lmasligi; 

9.  Oxirgi 12 oy ichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to‘lovlar (asosiy qarz va/yoki foiz) 

3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;

10.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish (o’zgartirish) holatlari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

11.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo‘yicha shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi;

12.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;

13.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv kreditlarni boshqarish xizmatining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomasiga (aniq ko’rsatilgan bo’lishi shart) asosan amalga oshiriladi. Bunda, kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati еtib kelmagan, qarz oluvchi еtkazib beruvchini xizmat/mahsulot еtkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi;

14.  Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;

15.  So’nggi 12 oy davomida ta’sischilar tarkibi o’zgarmaganligi (bunda eski ta’sischilar tarkibi o’zgarmagan holda, yangi ta’sischilar qo’shilishi mustasno)

16.  Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);

17.  60 000 AQSH dollaridan ortiq loyihalarda Davlat ro’yxatidan o’tgan davri kamida 12 oy bo’lishi;


Необходимые документы

1.  ariza

2.  qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno); 

3.  yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;

4.  qarz oluvchi korxonaning (tegishli dsiga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar dsi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno, “Imkoniyat” kredit mahsuloti doirasida joriy mavjud va ajratilishi so‘ralayotgan kredit miqdori 70 000,0 AQSh dollari ekvivalentigacha bo’lgan holatlarda talab etilmaydi); 

5.  oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etilishi mumkin. (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti, “Imkoniyat” kredit mahsuloti doirasida joriy mavjud va ajratilishi so‘ralayotgan kredit miqdori 70 000,0 AQSh dollari ekvivalentigacha bo’lgan holatlarda talab etilmaydi);

6.  boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi (asosiy hisobvarag’i boshqa bankda bo’lgan holatlarda kartoteka-2 qarzdorligi) to‘g‘risida ma’lumot;

7.  garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (kredit mahsulotining 

27-bandida ko‘rsatilgan holatlarda);

8.  garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko’chirma va kadastr pasporti). shuningdek, yer uchastkasiga bo’lgan huquq ijara bo’lgan holatlarda ijara shartnomasi;

9.  garov obyekti avtotransport vositalari va maxsus texnikalar bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

10.  mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

11.  mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

12.  mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

13.  faoliyat joyi bilan bog‘liq kadastr yoki e-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan ijara shartnomasi taqdim etilishi lozim, shuningdek, e-ijaradan ro‘yxatga olinmaydigan holatlar va autsorsing xizmati korxonalari bundan mustasno)

14.  Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo’shimcha xujjatlar talab qilinishi mumkin;


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 02.04.2024 16:13  
up