«PARRANDA AYLANMA»

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun / UZS

15 mlrd. soʻm
Kreditning maksimal miqdori
18 oygacha
Kredit muddati - goʻsht yoʻnalishidagi parranda joʻjasi, ozuqa mahsulotlari, dori-darmon hamda qoʻshimcha komponentlar va boshqa xom-ashyolar xarid qilish uchun
24 oygacha
Kredit muddati - parranda va joʻjasi xarid qilish uchun (tuxumchilik)
Kelishuv bo'yicha
Milliy valyutada

Avtotransport (ishlab chiqarilgan yildan 4 yildan ortiq emas)
Ko'chmas mulk
Uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 2 yildan ortiq emas)
Kafillik
Maxsus uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 3 yil ko'p emas)

Kreditlashning asosiy shartlari

1

Kredit maqsadi

Parrandachilik faoliyatini rivojlantirish
maqsadida aylanma mablagʻlarini toʻldirish:
(parranda, joʻja, naslli parranda, inkubatsion
tuxum, ozuqa, urugʻlik, dori-darmon, qoʻshimcha
komponentlar, vet preparat va boshqalar sotib
olish)

2

Kredit valyutasi

Milliy valyuta (Soʻm)

3

Kreditlash riskining yuqori
miqdori*

15,0 mlrd.soʻm

4

Kredit muddati

- goʻsht yoʻnalishidagi parranda joʻjasi, ozuqa
mahsulotlari, dori-darmon hamda qoʻshimcha
komponentlar va boshqa xom-ashyolar xarid qilish
uchun - 18 oygacha,
- tuxumchilik yoʻnalishidagi parranda va
joʻjasi xarid qilish uchun - 24 oygacha

5

Soʻralayotgan kredit asosiy
qarzdorligi boʻyicha
imtiyozli davr

6 oygacha

6

Asosiy qarz va foiz toʻlash
tartibi

Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan
soʻng har oyda
Foiz toʻlovi - har oyda

7

Moliyalashtirish manbalari

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan;

Yillik foiz miqdori:

8

Bankning oʻz mablagʻlari
hisobidan milliy valyutada
(soʻm)

Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi
+ 8% miqdorida.

Kreditlashning qoʻshimcha shartlari

9

Mijozning faoliyati
davomiyligi

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 1 yildan oshgan
korxonalar

“Oʻzsanoatqurilishbank”
ATB tizimida ochgan
hisobvaragʻi

Asosiy hisobraqami boʻlishi

10

Moliyaviy natijalar
toʻgʻrisida hisobot (2-son
shakl) boʻyicha foyda
mavjudligi

Ijobiy (asosiy faoliyatidan tushumning mavjud
boʻlmasligi ham mumkin)

11

Kredit yuklamasi
koʻrsatkichi*

100% dan koʻp boʻlmagan holda

12

Qoplash koeffitsiyenti*

1 dan kam boʻlmagan holda

13

Likvidlilik
koeffitsiyenti*

0,5 dan kam boʻlmagan holda

14

Mustaqillik
koeffitsiyenti*

30% dan kam boʻlmagan holda

15

Oʻz mablagʻlari mavjudligi
(NSOS)

Ijobiy

16

EBIT yuklamasi*

5 dan koʻp boʻlmagan

17

EBITDA yuklamasi*

8 dan koʻp boʻlmagan

18

Kartoteka 2 holati

Mavjud boʻlmasligi lozim

19

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy
qarz boʻyicha oydan oyga
muddati oʻtgan qarzdorlik
holatlar soni
(OʻzSQB tizimida)

3 tadan koʻp boʻlmagan holatda

20

Kredit va unga
tenglashtirilgan
operatsiyalar boʻyicha muddati
oʻtgan qarzdorligi

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi lozim

21

Kredit taʼminoti:

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan
miqdorda

22

Jami mulkiy garov

Kredit summasining 80% dan kam boʻlmagan
miqdorda

23

Taʼminot sifatida qabul
qilinadigan mulkiy garov
turlari va ushbu garov
boʻyicha qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk – xar qanday;
Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga
4 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3
yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga
2 yildan oshmagan;
Kredit mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan
asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus
texnikalar

24

Taʼminot sifatida qabul
qilinadigan mulkiy
boʻlmagan garov turlari

- sugʻurta polisi;
- uchinchi shaxslar kafilligi
- boshka garov

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

25

Kafillik chegarasi

Kafillik miqdori kafil korxona xususiy
kapitalining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda

26

Kafilning faoliyati
davomiyligi

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 1 yildan oshgan
korxonalar

27

EBIT yuklamasi

3 dan koʻp boʻlmagan

28

EBITDA yuklamasi

5 dan koʻp boʻlmagan

*Izoh: Agarda qarz oluvchi korxona moliyaviy holati yuqoridagi jadvalning 11, 12, 13, 14, 16 va 17 - bandlarida belgilangan koʻrsatkichlarning kamida 1 tasiga javob bermagan hollarda, kredit qaytarmaslik xatarini oldini olish maqsadida, 25, 26, 27 va 28 bandlar talabiga kushimcha tarzda, kredit summasiga mos ravishda, yuridik shaxs kafilligi olinishi lozim va ushbu kafil mazkur 11, 12, 13, 14, 16 va 17 - bandlarda keltirilgan koʻrsatkichlar meʼyorlarini bajarishi lozim

Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
Kredit kafili uchun zarur hujjatlari
Kredit taʼminoti uchun mulk taqdim etilganda kerakli xujjatlar
  • Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (2-son shakl);
  • Qarz oluvchi korxona ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi;
  • Qarz oluvchi korxona faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi xujjat (lisenziya) nusxasi (agar mazkur faoliyat turiga maxsus lisenziya talab qilingan hollarda);
  • Qarz oluvchi korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlari buyicha 12 oylik aylanmasi to‘g‘risida ma'lumot (agar so‘ralayotgan kredit miqdori 2,5 mlrd.so‘mdan yuqori bo‘lsa);
  • Mahsulot yetkazib berish bo‘yicha import shartnoma nusxasi (xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar buyicha talab etiladi);
  • Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar so‘ralayotgan kredit miqdori 2,5 mlrd.so‘mdan yuqori bo‘lsa).
  • Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha roziligi;
  • Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda takdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisoboti  (2-son shakl);
  • Kafil korxonaning taʼsis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Hisobot davri moliyaviy natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi;
  • Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafil korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlari buyicha oxirgi 12 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa).
  • Garov ob'ekti bo‘yicha mustaqil baxolovchi tashkilot hisoboti;
  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta'sischilarining kredit ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta'sis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
  • Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.03.2021 12:32

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.